Monday, 8 April 2013





"Amir Temur-bizning sha'n-shavkatimiz,g`urur iftixorimizdir.
 Amir Temur -xalqimiz dahosining timsoli,
ma'naviy qudratimiz ramzidir".
Islom Abdug’aniyevich Karimov.



Buyuk Sohibqiron! Amir Temur ! Bilaman , men yozuvchi yoxud tarixchi emasmanki go’zal satrlar ila Buyuk Sohibqironni madh etolsam?! Yaxshi inson, kuchli iroda sohibi, Olim, davlat arbobi - Sohibqiron haqlarida yozish ham ma’suliyatli , shu bilan birga sharafli hamdir…
Ma’suliyatli deganim buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me'mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson haqlarida yozish shunday ma’suliyatliki qalbimda bir qo’rqinch – mening bor so’z boyligim ham  Amir Temur sifatlarini ifodalab bera olmaydi!  Va shu bilan birga Sohibqirondek ulug’  zotning AJDODIM, BOBOM, O’ZBEK bo’lganliklari haqida yozish ko’nglimni faxr - iftixorga to’ldiradi.
  Yozishga qaror qildim, men shoira , tarixchi emasman shu bois dilimdagi mehrni , miyamda aylanayotgan ba’zi fikrlarni bayon qilsam aybga buyurmaysiz…
         Avvalo,  yaqinda ustozim bilan bo’lib o’tgan bahslashuv haqida ozgina yozmoqchiman. Ustozim “Men bosqinchilarni yomon ko’raman, Amir Temur ham bosqinchi dedilar”, bilasizmi ba’zan shunday holatlar b o’ladiki yuragingizdagi so’zlarni ifodalab berolmaysiz, isbotlab, tushuntirib berolmaysiz… Men Amir Temur shaxsi haqida bu fikrni qanchalik noto’g’ri ekaligini isbotlashimga qaramay, ular fikrlarini o’zgartirmadilar. Mayli har kim o’z fikrini bayon etish va fikrida qolish huquqiga eka. Shu bois ham yozmoqchi bo’lganim – Amir Temur bosqinchi emas… bu fikrni isboti kerak bo’lsa Sohibqiron o’z qo’liga olgan davlatlari va ularning tarixiga nazar solaylik, U qaysi davlatni o’z qo’l ostiga olgan bo’lsa hammasi ezgulik maqsadida, ya’ni o’sha davlatlar Sohibqiron Temurdan oldin ZOLIMlar qo’lida bo’lgan, aholisiga qul sifatida muomala qilingan. Aytishimiz joziki Amir Temurga bu o’rinda bosqinchi emas, qutqaruvchi Sarkarda nomi bilan atash to’g’riroq.  “Amir Temur ko‘p yillar davomida mustamlaka bo‘lib, chet ellik hukmdorlarga bo‘ysunib kelgan Movarounnahr va Xurosonda o‘z yurti, xalqining kuch-qudratiga tayangan mustaqil va yagona davlat barpo eta odldi; Amir Temur ham o‘z davriga xos bo‘lgan turli sabablarga binoan boshqa mamlakatlarga yurishlar qildi va Ovro‘po mamlakatlarining rivojlanishini tezlashishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Rossiyani Oltin O'rda zulmidan, Ovro‘poni Turkiya tajavvuzidan saqlab qoldi; Amir Temur o‘z siyosatida madaniyat, obodonchilik, hunarmandchilik homiysi bo‘lib tanildi. O'z siyosati bilan madaniy yuksalishga va turkiy tilning rivojiga keng yo‘l ochib, nafaqat Markaziy Osiyoning madaniy-ma'naviy olamida, balki butun musulmon olami tarixida o‘chmas iz qoldirdi va so‘nggi rivojlanishiga katta ta'sir ko‘rsatdi”.
         Yana nimalar desam ekan, yo’q! Man bu shaxs to’g’risida dilimdagilani aniq ifodalab bera olmayman, ayta oladiganim Sohibqiron Amir Temurni yaxshi ko’raman...Sharofiddin Ali Yazdiy hazratlarini “Temurnoma” asarlarini o’qishni tavsiya etaman... 

Dilnavoz Berdiyeva Toshkan qizi...




Monday, 18 March 2013


Shunchaki bugun…
        
         Bugun juda g’alati kun bo’ldi…negadir bugun haqda yozgim kelayabdi ..shunchaki yozish manga yoqadi..yozganda ham o’zim haqimda yozish…Xullas bugun azonda uyg’ondim, bilmadim nega kayfiyatim juda yaxshi bo’ldi…keyin twetterga bir mo’ralay deb kirib “Daryo” ismi haqida yozilgan twetni o’qib qoldim..bu ismni shu qadar yaxshi ko’ramanki.. bu ism bilan bog’liq yaxshi xotiralarim bor,,shu boismi qizg’ondim..kim bilsin balki xotira rashkidir..
Keyin ‘Amilaza genini rekombinatsiya qilish’ degan maqola o’qidim.. yangi ma’lumotlarga ega bo’ldim…bugun katta bir imtihon bor edi, man va bir dugonam (Maftuna) labaratoriyaga borishimiz va savol javobdan o’tsak o’sha labaratoriyada ilmiy izlanish olib borishimiz kerak edi.. Labaratoriya rahbari faqat bittamizni qabul qilishlarini aytdilar…labaratoriya biokimyo bo’yicha hozirgi kunda O’zbekistondagi eng zo’r labaratoriya, ishchilari, pofessorlarining bilim darajasi ham juda yuqori, u yerga qabul qilinish hamma bioximiklani orzusi.. va xullas omadmi bilmadim, har holda mani javoblarim labaratoriya rahbarini qoniqtirdi.. Maftunani esa qabul qilmadilar..yuragim g’ashlandi..mag’lub odam g’olib odamning yaqini bo’lsa g’alaba tatimas ekan.. bugun labaratoriya bilan to’liq tanishdim, ayniqsa o’zim qiziqqan soha bo’yicha olib borilayotgan ishlari meni quvontirdi..lekin hayiqdim “dadam istaganlaridek kuchli olima bo’la olarmikinman” ..ammo qo’limdan kelgancha harakat qilaman… soat 17:00 larda labaratoriyadan chiqdim va metroga tushdim, shunda bir qizning g’alati kulganini eshitdim, atrofimga qarasam bir qiz ‘telba’ (bu so’zni ishlatgim kelmayabdi lek boshqa yumshoqroq so’z topolmadim)larcha baqirib kulayotgan ekan..ko’pchilik unga “jinni” degan nigoh bilan qaraganini sezdim.. Man ham biroz cho’chidim, nega bilmadim, mani yaqinrog’imdaligi sabab tashlanib qolarmikin deb qo’rqdim chamamda..shunda u qizni ko’zlariga beixtiyor nigohim tushdi… ko’zlardan tinmay yosh oqardi.. borgim keldi oldiga…bilaman dardini olidh qo’limdan kelmaydi, hech qursa malham bo’lgim keldi..lek bormadim..jur’at, qo’rquv,odamlardan andisha yo’limni to’sdi,,, “andisha emish , eh Dilnavoz dunyo dunyo muhabbat haqida she’r yozganingda andisha qilmagan bir ojizani yupatishga andisha qildingmi?”  vijdonim hayqirig’I edi bu.. nahot shuncha beparvo bo’lib borayabmiz…aniqrog’I man… bilmadim har holda bugun vijdonimni og’ritdim..
         Keyin uyga keldim, ovqat qildik, ukam juda kech keldilar… Birinchi savolim “billet topdingmi?” bo’ldi.. ukam esa hazillashdilar, manga O'zbekiston bayrog'ini oberisharmushla "olg'a O'zbekistonim" deb televezordan ko'rsam ham bo'luvrarmish, xullas billet masalasiga ko’zim yetmayabdi dedilar..mayli biz uchun eng muhimi VATAN G’ALABASI.. axir ilinjlarimiz qachondir ishonchga aylanishi kerakku?! O’zbekiston Jahon Chimpionatiga chiqishi uchun duolar qiladigan muxlislari bor…demak albatta bir kun JCH eshiklari ochilajak biz uchun..
         Va bugun bir ilhom parilari kelib bir vaqtlar boshlagan she’rimni yakunlab qo’ydim:


Odamlari jonim deya jonin berar
Mehr qo'shib dasturxonga taklif qilar
Bosh osmonda lekin oyoq yerda turar
Qalbi qaynoq,Mehri daryo-Qashqadaryo

Yolg'on nima bilmas, bilmaydi nedir riyo
Qizlarining ko'zlarida yashnar hayo
Yigitlari hammasi ham Polvonnamo
Qalbi qaynoq,mehri daryo-Qashqadaryo!

Bahmal qirlari ham yashnatar ko'zni
Men unda tanidim o'zlikni o'zni
Hatto jilosi bor xazonrez kuzni
Qalbi qaynoq,mehri daryo-Qashqadaryo!!!


Darvoqe, nega mavzuga aloqador bo'lmasayam bu rasmni qo'yganimga hayron bo'lmang, bahorga oshufta qalbimning xohlagan rasmini qo'ydim...

Berdiyeva Dilnavoz Toshkan qizi..