Assalomu
alaykum
Jamiyatda
insonlarning moddiy va ma’naviy hayoti yaxshilansa u jamiyatda chin ma’noda
yuksaklikka erishadi. Yolg‘on va qog‘ozbozlikka, ko‘zbo‘ymachilikka asoslangan
har qaysi jamiyatning inqirozi muqarrar. Oxirgi vaqtlarda TV, radio va internet
tarmoqlari orqali hokimlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojatlar, kamchiliklarini
aytish boring-ki tanqidlar tut mevasidan ham ko‘p yog‘ilmoqda. Men ushbu
vaziyatni ko‘rib jilmayib qo‘yaman. Nega deysizmi? !
Fozil odamlar
shahri barpo bo‘lishi uchun avvalo fozil hokimlarni tarbiyalaydigan, uni tanqid
qilib so‘kishga o‘rgatadigan emas, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib yechim va taklif bera oladigan xalq manfaatini o‘ylaydigan,
o‘zi ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘ymaydigan fozil olimlar kerak. Hokimlar aldasa nima
bo‘pti? ! Ko‘zbo‘yamachilikka yo‘llarni tozalab oqlab qo‘ysa nima bo‘pti? Ha,
ishoning men buni hazm qilaman. Chunki, men birorta ham ilmiy ish oxiriga yetmagan
faqat qog‘ozlargina ilmiy grantlar yutadigan ilmiy yo‘nalishlarni ko‘rganman,
Vazir keladi deb talabalarga oq xalat kiydirib laboratoriyaga kirgizib qo‘ygan
professorlarni ko‘rganman, Prezident olimlarga suyanayotgan paytda ilm ahliga da’vogarlik qiluvchi odamlarning Prezident
kelishidan bir oy oldin laboratoriyani oqlab ko‘klashini ko‘rganman. Ha hamma
mehmon kelsa uyini chiroylashtiradida dersiz, ha shunday, ammo “ijaraga” olib
kelingan zallarga qo‘yilgan gullaru stol
stullarning Prezident ketishi bilan ketishini aldash deb hazm qila olmayotgan
insonman. “Dardingni ayt” desa dardini aytmay “Biz bu bu larga erishdik” deb qog‘ozlarda
erishilgan natijalarni ko‘rsatganlarni ko‘rgan, muammoni aytmay “buni qilamiz”
deb va’da bergan va’dabozlarni ko‘rgan, ilmiy ishi 80 foizi “copy paste” dan
iborat olimchalarni ko‘rganman, yillab mehnat qilib ilmiy ishini yoqlay
olmayotgan shimining tizzasi oqarib
yotgan chin olimlarni guvohiman. Shunday olimlar aldasayu hokim aldasa nima
qilibdi?! Istehzosiz!
Endi ikkinchi
tomondan qarayman, ishoninglar bizdagi ilmiy Institutlar va ularning ta’minlanishi
Yevropa mamlakatlaridan qolishmaydi. Shunchaki bizda bu apparatu reaktivlarni
ishlatadigan kalla yo‘q.
Nega deysizmi?
Chunki, chin olimning bunga vaqti yo‘q. U xuddi robotga o‘xshaydi belgilangan
ishni qilish, kunning o‘tishi va oylikni olishiga qarab o‘tayotgan kunlari,
ishdan keyin bolasiga sumka olib berish uchun taksilik qilishi kerak. Kamiga farzandini
Universitetda o‘qishini istaydi.
Repetitorga berishi kerak, chunki
maktabdagi ilm Universitetga kirishga yetmaydi. Ilmiy institut
xodimining qo‘liga tegadigan 1 million 300 ming sum oyligi solig‘u communal to‘lovlarni
to‘lashga ketadi deyarli. Moddiy ta’minlanmasdan turib uning miyasiga qanday
Nobel oladigan g‘oya kelsin?! Qanday qilib bolasi kiyimsiz bo‘lsa u xalqni o‘ylasin?!
Keyin, nima qiladi, o‘n martalab ro‘yhatdan o‘tolmagandan keyin ilmiy ishini
sotadida?! Olimni sotuvchidan farqi uning foydasi katta mashaqqat evaziga
keladi.Endi mana bu
linkka bir qarang , https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/oakni_epish_rejalashtirilmoqda_ilmiy_darajalar_berish_oliy_talim_muassasalariga_va_itiga_topshiriladi/
“Ilmiy darajalar berish oily ta’lim muassasalariga va ITIga topshiriladi”. Bizning OTMning darajasi ilmi daraja berishga
yetadimi?! Mahalliychilik bilan baho qo‘yadigan ayrimlarning kuni tug‘arkanda?!
Men o‘qituvchi,
ilmiy izlanuvchi inson sifatida quyidagi takliflarni kiritaman:
-
OAK
yopilmasin, qayta sof tarzda shakllantirilsa to‘g‘ri bo‘lardi nazdimda. Chunki
korrupsiya uchun katta yo‘l ochib qo‘ymaslik kerak. Plagiat bo‘lgan, sotib
olingan ilmiy ishlarga qonunda qat’iy norma belgilansin;
-
Bakalavr
va magistrlar ilmiy ishlarini tegishli tashkilotlarda, ilmiy institutlarda
qilishsin va bu tekshirilsin. Oylik hisobotlar emas menimcha yarim yillik
hisobotning o‘zi yetarli.
-
O‘qituvchi
bajarishi kerak bo‘lgan 1540 soat o‘rniga ta’lim sifati talab qilinsin. Zotan,
Bu maqola buncha ball beradi, bunisi buncha deb yurgan o‘qituvchining ta’lim sifati
haminqadar bo‘lishi tabiiy.
Vaqtim juda
kamligi uchun takliflarimni hammasini bera olmadim, ammo shu blogpostni o‘qigan
hamma jamiyat a’zosidan o‘z fikr va mulohozalarini, ilmni rivojlantirishga
takliflarini kutib qolaman.
Istagim
yurtimiz fozil olimlar shahri bo‘lsin, xalqimiz moddiy va ma’naviy boy bo‘lsin! Onalar "hokim boolam allayo" deb emas, "olim bolam alla" deb alla aytsin!
No comments:
Post a Comment