Monday 18 March 2013


Shunchaki bugun…
        
         Bugun juda g’alati kun bo’ldi…negadir bugun haqda yozgim kelayabdi ..shunchaki yozish manga yoqadi..yozganda ham o’zim haqimda yozish…Xullas bugun azonda uyg’ondim, bilmadim nega kayfiyatim juda yaxshi bo’ldi…keyin twetterga bir mo’ralay deb kirib “Daryo” ismi haqida yozilgan twetni o’qib qoldim..bu ismni shu qadar yaxshi ko’ramanki.. bu ism bilan bog’liq yaxshi xotiralarim bor,,shu boismi qizg’ondim..kim bilsin balki xotira rashkidir..
Keyin ‘Amilaza genini rekombinatsiya qilish’ degan maqola o’qidim.. yangi ma’lumotlarga ega bo’ldim…bugun katta bir imtihon bor edi, man va bir dugonam (Maftuna) labaratoriyaga borishimiz va savol javobdan o’tsak o’sha labaratoriyada ilmiy izlanish olib borishimiz kerak edi.. Labaratoriya rahbari faqat bittamizni qabul qilishlarini aytdilar…labaratoriya biokimyo bo’yicha hozirgi kunda O’zbekistondagi eng zo’r labaratoriya, ishchilari, pofessorlarining bilim darajasi ham juda yuqori, u yerga qabul qilinish hamma bioximiklani orzusi.. va xullas omadmi bilmadim, har holda mani javoblarim labaratoriya rahbarini qoniqtirdi.. Maftunani esa qabul qilmadilar..yuragim g’ashlandi..mag’lub odam g’olib odamning yaqini bo’lsa g’alaba tatimas ekan.. bugun labaratoriya bilan to’liq tanishdim, ayniqsa o’zim qiziqqan soha bo’yicha olib borilayotgan ishlari meni quvontirdi..lekin hayiqdim “dadam istaganlaridek kuchli olima bo’la olarmikinman” ..ammo qo’limdan kelgancha harakat qilaman… soat 17:00 larda labaratoriyadan chiqdim va metroga tushdim, shunda bir qizning g’alati kulganini eshitdim, atrofimga qarasam bir qiz ‘telba’ (bu so’zni ishlatgim kelmayabdi lek boshqa yumshoqroq so’z topolmadim)larcha baqirib kulayotgan ekan..ko’pchilik unga “jinni” degan nigoh bilan qaraganini sezdim.. Man ham biroz cho’chidim, nega bilmadim, mani yaqinrog’imdaligi sabab tashlanib qolarmikin deb qo’rqdim chamamda..shunda u qizni ko’zlariga beixtiyor nigohim tushdi… ko’zlardan tinmay yosh oqardi.. borgim keldi oldiga…bilaman dardini olidh qo’limdan kelmaydi, hech qursa malham bo’lgim keldi..lek bormadim..jur’at, qo’rquv,odamlardan andisha yo’limni to’sdi,,, “andisha emish , eh Dilnavoz dunyo dunyo muhabbat haqida she’r yozganingda andisha qilmagan bir ojizani yupatishga andisha qildingmi?”  vijdonim hayqirig’I edi bu.. nahot shuncha beparvo bo’lib borayabmiz…aniqrog’I man… bilmadim har holda bugun vijdonimni og’ritdim..
         Keyin uyga keldim, ovqat qildik, ukam juda kech keldilar… Birinchi savolim “billet topdingmi?” bo’ldi.. ukam esa hazillashdilar, manga O'zbekiston bayrog'ini oberisharmushla "olg'a O'zbekistonim" deb televezordan ko'rsam ham bo'luvrarmish, xullas billet masalasiga ko’zim yetmayabdi dedilar..mayli biz uchun eng muhimi VATAN G’ALABASI.. axir ilinjlarimiz qachondir ishonchga aylanishi kerakku?! O’zbekiston Jahon Chimpionatiga chiqishi uchun duolar qiladigan muxlislari bor…demak albatta bir kun JCH eshiklari ochilajak biz uchun..
         Va bugun bir ilhom parilari kelib bir vaqtlar boshlagan she’rimni yakunlab qo’ydim:


Odamlari jonim deya jonin berar
Mehr qo'shib dasturxonga taklif qilar
Bosh osmonda lekin oyoq yerda turar
Qalbi qaynoq,Mehri daryo-Qashqadaryo

Yolg'on nima bilmas, bilmaydi nedir riyo
Qizlarining ko'zlarida yashnar hayo
Yigitlari hammasi ham Polvonnamo
Qalbi qaynoq,mehri daryo-Qashqadaryo!

Bahmal qirlari ham yashnatar ko'zni
Men unda tanidim o'zlikni o'zni
Hatto jilosi bor xazonrez kuzni
Qalbi qaynoq,mehri daryo-Qashqadaryo!!!


Darvoqe, nega mavzuga aloqador bo'lmasayam bu rasmni qo'yganimga hayron bo'lmang, bahorga oshufta qalbimning xohlagan rasmini qo'ydim...

Berdiyeva Dilnavoz Toshkan qizi..