Friday 21 June 2013


Yana yozgim kelayabdi... Bilaman man jurnalist yoki yozuvchi va yoxud shoir emasman va hattoki bunga hech qachon da'vo qilmaganman ham... Qachonlardir jurnalist bo'lishni istagandirman,ammo hozir man o'z soham bor, o'zimni sohamni juda yaxshi ko'raman... o'zimni har safar ilm kishilari orasidaligimni eslasam,his qilsam har doimgidek taqdirimdan minnatdor bo'lib ketaman... Bir kun sohamga oid kitob o'qimasam, bioximiyadan bir kunga uzoqlashsam ham sog'inaman. Mana masalan bugun labaratoriyaga bora olmadim, lekin hamisha hayolimda oqsil, DNK, PZR va hokazolar... kasbimni nihoyatda yaxshi ko'raman. Nasib qilsa  soham bo'yicha ko'pginaa ishlar qilish niyatim bor... Dadam bilan ayam judayam xohlaydila olima bo'lishimni... yana oylaymanki yozganlarimni diktant yoki insho deb tahlil qilishdan oldin, insoniylik nuqtayi nazaridan yondoshing :)), illtimosim shuki o'sha gapingiz ichingizda qolsin, man ko'ngil odamiman, har qanday qattiq so'z bilan dilimni yaralash, og'ritish oson… Qahrimni qattiq qila olmaymanva etiborsiz qol siltab ham keta olmayman
            O’zi nima haqida yozmoqchi edim,ana yana chalg’ib ketdim...
Ha dadam haqlarida yozmoqchi edim... Dadam.. har gal dadam bilan gaplashsam “sizni juda yaxshi ko’raman”, “Bu olamda Payg’ambarimiz s.a.v dan keyin eng ko’p yaxshi ko’raman sizni va ayamni” deyman.. Dadamdan mehrimni yashirmayman. Ba’zi bir tanishlarim “juda erkasan” deyishadi... To’g’ri bitta qizman...Erkaligim ham rostdir.. lekin nahotki ehrni izhor qilish uchun erka bo’lish shart bo’lsa?!  Har tong otishini ko’rish nasib etishi dargumonligi kabi lahzadan keyin nima bo’lishi bizga ayon emas... Keyin aytarman mehrimni deb qo’ysam ham bo’laveradi albatta, lekin ulgurarmikinman?! Man istaymanki dadajonim manga faqat moliyaviy ta’minlash uchun emas, balki qalbimnig butligi, ko’zimning quvonchi, yuragimning baxtdan shodumon urishi, baxtimning bekamligi uchun ham manga kerakliliklarini his qilsinlar.. Barcha orzularim ular bilan bog’likligini anglasinlar, ularni rozi qilish uchun ham hayotda nimagadir intilayotganimni his qilinlar uchun hamisha aytaman mehrimni.. To’g’ri aslida mehrni anglash, his qilish uchun aytish shart emas.. lekin qaysi ota quvonmaydi mehrimizni,bizga ularning sog’ligi kerakligini aytsak?!
Dadajon, sizni juda juda yaxshi ko’raman… Baxtimga hamisha ayajonim bilan omon bo’lingizlar… ha darvoqe, ayamga ham juda ko’p aytaman ularni yaxshi ko’rishimni...
Otam – baxtim posboni…
Otajon chindan ham bugun yolg’izman
Tunning chehrasida saroblar bisyor
Sog’inch deb atalmish yovqur qilichning
Sitamlarin yengmoq men uchun dushvor…
         Bugun hijronlarda erka qizingiz
         Intiqom ichida kurashayotir
         Ota, kaftingizni oching duoga
         Ko’ngil malaklari so’rashayotir…
Siz ekkan daraxtman ko’kka talpinib
Oftobday mehringiz totib yashayman
Qadrimga, sabrimga sabotlar aytib
Qaroqlaringizga botib yashayman
         Butun tomirimda oqadi bardosh
         Ko’zlarimda yorug’ baxtim osmoni
         Tomirlaringizga tomirim tutash
         Otajonim sizsiz baxtim posboni…

Berdiyeva Dilnavoz Toshkan qizi...



Monday 17 June 2013


Shukrona...
Shu kunlarda juda ko'p kuzatdim, odamlarni, hayotni, o'zimni o'z tafakkurimcha, o'z anglaganimcha... hayollar sokin, yuzlarda tashvish, noshukrlik... Savol berib ko'rdim o'zimga : Baxt nima? Ikki oyog'im but, hohlagan manzilimga bora olaman, zaminni his qilaman oyoqlarim bilan, Otamni sog'insam, onamga mushtoq bo'lsam borib qo'llarini ko'zimga surta olaman.... Qo'llarim but, barmoqlarim bilan dildagi nafis hislarimni qog'ozga joylayman, birovga muhtoj emasman... Ko'zlar, qaroqlar.... ularning naqadar g'animatligini bilasizmi do'stlar... Hayotning jiloli ranglarda ko'rish.. Sevgan insonlaringiz yuzlarini ko'ra olish, Onangizning minnatdor nigohlarini ko'ra olish, Otangizning umridan rozi boqishlari, erkalashlarini ko'ra olish... Oq oralagan bo'lsada sochlariga termulish,ajinlar soya solgan bo'lsada nurli yuzlarini ko'rish, mehrli nigohlarni his qilish,ukangizni beg'ubor qaroqlariga termulish, qorni, bahorni, gullarni, toshlarni, daryoyu debgizlarni, ulakan azim tog;larni, qushlarni, ne'matlarni ko'rish BAXT! tasavvur qilib ko'ring zulmatni?! yo'q, yo'q hatto tassavur ham qilmang..faqat shukr qilaylik, bizga shunday ne'matlar nasib ayladi, axir bu nematlardan bebahra insonlar qancha... Insonmiz! yurak urib turibdi, ko'zlar shu lahzada ko'rayabdi, qo'l oyoqlar mustahkam, gapira olamiz, iforlardan bahra ola olamiz,his qila olamiz hammasi BAXT....
Hayotimiz tinch... Yurtimiz tinch, Vatnimiz obod! shukrki tabiat ham biz uchun faqat yaxshilikka xizmat qilmoqda, shamol, qor, yomg;ir, quyosh hammasi o'z ehtiyojimizcha... Hammasi uchun shukr... Ko'zlar yorug' olamni bir marta bo'lsa ham ko'rgani uchun shukr...
Shukrona….

Bugun ko’zlarimiz baxtdan shodumon
Yurakda ham yo’qdur havotir gumon
Endi asriy orzular bo’lmagay armon
Boshimiz sarbaland shukr qilaylik…

Oyoqlar zaminda yurolgani chun
Mujgonlar olamni ko’rolgani chun
Qalblar to’xtamasdan urolgani chun
Bariga do’stlarim shukr qilaylik…

Kimgadir orzumiz kim uchun hijron
Muhimi kerakmiz kimgadir har on
Axir yo’limizga kimdir nigoron
Sevilmoq baxti chun shukr qilaylik…


Quyoshning taftidek qaynoq yurak bor
Ayriliq dardiga malhamdir diydor
Axir albat yana qayta kelarku bahor
Umidning bori chun shukr qilaylik…

Dardlar yig’latsa gar chektirib alam
Ko’zlarga qorong’u tuyulsa olam
Alloh suyganiga beradi deb g’am
Sabrlar so’rabon shukr qilaylik…

Yurt Koriga yaray deya intilamiz
O’zbekman deb faxr bilan gapiramiz
Qayda bo’lmay vatan tomon talpinamiz
Sog’inchning boriga shukr qilaylik…

Berdiyeva Dilnavoz Toshkan qizi
(p.s: ushbu yozilganlar ko'chirilsa ,iltimos muallif nomi bilan ko'chirilsin! she'r, so'z ko'ngil mulkidir)

Sunday 9 June 2013


Tilingizga ehtiyot bo’ling…




        

         Bugun jamiyatimizda ayniqsa yoshlar orasida ozbek qizlari sha’niga yaxshi bo’lmagan gaplar aytilayotgani sir emas, bu judayam achinarli hol. Tarixga nazar solsak qay davr, qay asr bo’lmasin o’zbek ayollari o’zining sharqona statuslari bilan mashhur bo’lganlar.
Shu orinda juda ko’p bo’lsada eshitganingiz bir hikoyani keltirsam.
 “Qadim zamonda bir odil va oqil podshoh bolgan ekan. U qaysi davlatni bosib olmoqchi bolsa osha mamlakatga ozining aygoqchilarini yuborar ekan. Bir kuni ikkita vazirini chaqiribdi va ikalalarini ikkita mamlakatga yuboribdilar va Osha mamlakat erkaklarining ayollariga munosabatlarini bilib kelishini  tayinlabdilar, Vazirlar ketishibdi va olti oydan keyin qaytib kelishibdi song korgan bilganlarini aytibdilar. 1-vazir debdiki: “Men borgan mamlakatning aholisi ayollarni qattiq hurmat qilar ekan, ularga begona soyanida tushirmas ekanlar” .
2-vazir esa: “men borgan mamlakatning aholisi esa ayollarini hurmatlamas, himoyalamas, va sha’nlariga yaxshi soz aytishmas ekan” debdilar. 
Shunda Podshoh “ Biz ikkinchi mamlakatga hujum qilamiz oz ayollari sha’nini o’z shani deb bilmagan xalqda vatanni himoya qilish hissi ham bo’lmaydi’ debdilar” Alqissa, Oylab gapiring, sizlar qizlar haqida aytayotgan har bir sozingizda bizning, millatimizning, xalqimizning sha’ni masalasi turibdi!
         “Qizlar ozgarib ketdi” mish?! Ey aziz inson, takror aytaman, Bizning biz ozbek qizlarning fitratimizda mavjud bo’lgan poklikka, tozalikka, halollikka tosh otmang! Haqqingizda yoq! Zotan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yettita halok qiluvchi ishdan saqlaninglar», deb ular orasida: «(Yomon niyatlardan) g‘ofil, pokiza, mo‘mina ayollarga tuhmat qilish»ni ham sanab o‘tganlar (Muttafaqun alayh). 

Mana, bahor keldi... Hammaning og‘zida bir gap: "Bahor keldi, qizlar endi "ochilib" ketadi"  va shunga oxshash gaplar... Juda xafa bo‘ldim bu gaplardan. Odamlar ishoning butun O‘zbekiston mini yubka kiyadigan qizlardan iborat emas. Ishoning qalbida hayosi mustahkam qizlar juda ko'p. Kiyimlarining uzunligiyu go'zalligi bilan o'zbeklarning nomusi ekanligidan faxrlansa bo'ladigan qizlar hali judayam ko'p. Hammani unaqa bir qolipda ko'rmanglar , iltimos. Yig'latmangizlar... 

         Togri guruch kurmaksiz bolmaydi.  Lekin ayrim ayrim kurmaklarni gapirishdan oldin yon atrofingizga bir nazar soling, millati sha’nini o’z sha’ni deb, har bosgan qadamida ozbeklik , milliylik ufurib turgan haqiqiy ozbek qizlar borligiga ishonch hosil qilasiz...
         Begona nigohlar uchrab qolsa kozlarini yerga qaratgancha odimini tezlashtiradigan qizlarni yana qaysi olkadan topmoqchisiz?!
         Muhabbat deganda hayodan yuzlariga qizillik yuguradigan qizlar ayting yana qayda bor?!
        Moda uchun emas, yelkalarida o'tirgan farishtalardan hayo qilib, yelkasi ochiq kiyim kiymaydigan qizlarni boshqa yurtda O'zbekistondagichalik ko'pmikan?!


         Tarozining bir pallasiga butun dunyoni, ikkinchi pallasiga oilani qoysangiz, har narsadan muqaddas deya oilani tanlovchi ayolu qizlar boshqa olkalarda bormikin a?!.....va hokazolar...

         Yondiradi sirli sirli qarashlari
         Tasadduq deb ahvolingiz sorashlari
         Kimga yoqmas uzun koylak kiyishlari 
         Yulduz tugul oy chiqolmas tizlariga
         Havas qiling Ozbegimning qizlariga...




Berdiyeva Dilnavoz Toshkan qizi