Yana yozgim kelayabdi... Bilaman man jurnalist yoki yozuvchi va yoxud shoir emasman va hattoki bunga hech qachon da'vo qilmaganman ham... Qachonlardir jurnalist bo'lishni istagandirman,ammo hozir man o'z soham bor, o'zimni sohamni juda yaxshi ko'raman... o'zimni har safar ilm kishilari orasidaligimni eslasam,his qilsam har doimgidek taqdirimdan minnatdor bo'lib ketaman... Bir kun sohamga oid kitob o'qimasam, bioximiyadan bir kunga uzoqlashsam ham sog'inaman. Mana masalan bugun labaratoriyaga bora olmadim, lekin hamisha hayolimda oqsil, DNK, PZR va hokazolar... kasbimni nihoyatda yaxshi ko'raman. Nasib qilsa soham bo'yicha ko'pginaa ishlar qilish niyatim bor... Dadam bilan ayam judayam xohlaydila olima bo'lishimni... yana o’ylaymanki yozganlarimni diktant yoki insho deb tahlil qilishdan oldin, insoniylik nuqtayi nazaridan yondoshing :)), illtimosim shuki o'sha gapingiz ichingizda qolsin, man ko'ngil odamiman, har qanday qattiq so'z bilan dilimni yaralash, og'ritish oson… Qahrimni qattiq qila olmayman… va e’tiborsiz qo’l siltab ham keta olmayman…
O’zi nima haqida yozmoqchi edim,ana yana chalg’ib ketdim...
Ha dadam haqlarida yozmoqchi edim... Dadam.. har gal dadam bilan gaplashsam “sizni juda yaxshi ko’raman”, “Bu olamda Payg’ambarimiz s.a.v dan keyin eng ko’p yaxshi ko’raman sizni va ayamni” deyman.. Dadamdan mehrimni yashirmayman. Ba’zi bir tanishlarim “juda erkasan” deyishadi... To’g’ri bitta qizman...Erkaligim ham rostdir.. lekin nahotki ehrni izhor qilish uchun erka bo’lish shart bo’lsa?! Har tong otishini ko’rish nasib etishi dargumonligi kabi lahzadan keyin nima bo’lishi bizga ayon emas... Keyin aytarman mehrimni deb qo’ysam ham bo’laveradi albatta, lekin ulgurarmikinman?! Man istaymanki dadajonim manga faqat moliyaviy ta’minlash uchun emas, balki qalbimnig butligi, ko’zimning quvonchi, yuragimning baxtdan shodumon urishi, baxtimning bekamligi uchun ham manga kerakliliklarini his qilsinlar.. Barcha orzularim ular bilan bog’likligini anglasinlar, ularni rozi qilish uchun ham hayotda nimagadir intilayotganimni his qilinlar uchun hamisha aytaman mehrimni.. To’g’ri aslida mehrni anglash, his qilish uchun aytish shart emas.. lekin qaysi ota quvonmaydi mehrimizni,bizga ularning sog’ligi kerakligini aytsak?!
Dadajon,
sizni juda juda yaxshi ko’raman… Baxtimga hamisha ayajonim bilan omon bo’lingizlar…
ha darvoqe, ayamga ham juda ko’p aytaman ularni yaxshi ko’rishimni...
Otam – baxtim posboni…
Otajon chindan ham bugun yolg’izman
Tunning chehrasida saroblar bisyor
Sog’inch deb atalmish yovqur qilichning
Sitamlarin yengmoq men uchun dushvor…
Bugun hijronlarda erka
qizingiz
Intiqom ichida
kurashayotir
Ota, kaftingizni oching
duoga
Ko’ngil malaklari
so’rashayotir…
Siz ekkan daraxtman ko’kka talpinib
Oftobday mehringiz totib yashayman
Qadrimga, sabrimga sabotlar aytib
Qaroqlaringizga botib yashayman
Butun tomirimda oqadi
bardosh
Ko’zlarimda yorug’ baxtim
osmoni
Tomirlaringizga tomirim
tutash
Otajonim sizsiz baxtim
posboni…
Berdiyeva Dilnavoz Toshkan qizi...
nahotki ehrni (*mehr)izhor qilish uchun
ReplyDeleteKam bo'lmang, baxtli bo'ling. Ota-onangizni umrilari uzoq bo'lsin, doimo baxtingiz uchun duoda bo'lishsin Dilnavoz
ReplyDelete