Tilingizga ehtiyot bo’ling…
Shu o‘rinda juda ko’p bo’lsada eshitganingiz bir hikoyani keltirsam.
“Qadim zamonda bir odil va oqil podshoh bo‘lgan ekan. U qaysi davlatni bosib olmoqchi bo‘lsa o‘sha mamlakatga o‘zining ayg‘oqchilarini yuborar ekan. Bir kuni ikkita vazirini chaqiribdi va ikalalarini ikkita mamlakatga yuboribdilar va O‘sha mamlakat erkaklarining ayollariga munosabatlarini bilib kelishini tayinlabdilar, Vazirlar ketishibdi va olti oydan keyin qaytib kelishibdi so‘ng ko‘rgan bilganlarini aytibdilar. 1-vazir debdiki: “Men borgan mamlakatning aholisi ayollarni qattiq hurmat qilar ekan, ularga begona soyanida tushirmas ekanlar” .
2-vazir esa: “men borgan mamlakatning aholisi esa ayollarini hurmatlamas, himoyalamas, va sha’nlariga yaxshi so‘z aytishmas ekan” debdilar.
Shunda Podshoh “ Biz ikkinchi mamlakatga hujum qilamiz o‘z ayollari sha’nini o’z shani deb bilmagan xalqda vatanni himoya qilish hissi ham bo’lmaydi’ debdilar” Alqissa, O‘ylab gapiring, sizlar qizlar haqida aytayotgan har bir so‘zingizda bizning, millatimizning, xalqimizning sha’ni masalasi turibdi!
“Qizlar o‘zgarib ketdi” mish?! Ey aziz inson, takror aytaman, Bizning biz o‘zbek qizlarning fitratimizda mavjud bo’lgan poklikka, tozalikka, halollikka tosh otmang! Haqqingizda yo‘q! Zotan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yettita halok qiluvchi ishdan saqlaninglar», deb ular orasida: «(Yomon niyatlardan) g‘ofil, pokiza, mo‘mina ayollarga tuhmat qilish»ni ham sanab o‘tganlar (Muttafaqun alayh).
Mana, bahor keldi... Hammaning og‘zida bir gap: "Bahor keldi, qizlar endi "ochilib" ketadi" va shunga o‘xshash gaplar... Juda xafa bo‘ldim bu gaplardan. Odamlar ishoning butun O‘zbekiston mini yubka kiyadigan qizlardan iborat emas. Ishoning qalbida hayosi mustahkam qizlar juda ko'p. Kiyimlarining uzunligiyu go'zalligi bilan o'zbeklarning nomusi ekanligidan faxrlansa bo'ladigan qizlar hali judayam ko'p. Hammani unaqa bir qolipda ko'rmanglar , iltimos. Yig'latmangizlar...
To‘g‘ri guruch kurmaksiz bo‘lmaydi. Lekin ayrim ayrim kurmaklarni gapirishdan oldin yon atrofingizga bir nazar soling, millati sha’nini o’z sha’ni deb, har bosgan qadamida o‘zbeklik , milliylik ufurib turgan haqiqiy o‘zbek qizlar borligiga ishonch hosil qilasiz...
Begona nigohlar uchrab qolsa ko‘zlarini yerga qaratgancha odimini tezlashtiradigan qizlarni yana qaysi o‘lkadan topmoqchisiz?!
Muhabbat deganda hayodan yuzlariga qizillik yuguradigan qizlar ayting yana qayda bor?!
Moda uchun emas, yelkalarida o'tirgan farishtalardan hayo qilib, yelkasi ochiq kiyim kiymaydigan qizlarni boshqa yurtda O'zbekistondagichalik ko'pmikan?!
Tarozining bir pallasiga butun dunyoni, ikkinchi pallasiga oilani qo‘ysangiz, har narsadan muqaddas deya oilani tanlovchi ayolu qizlar boshqa o‘lkalarda bormikin a?!.....va hokazolar...
Yondiradi sirli sirli qarashlari
Tasadduq deb ahvolingiz so‘rashlari
Kimga yoqmas uzun ko‘ylak kiyishlari
Yulduz tugul oy chiqolmas tizlariga
Havas qiling O‘zbegimning qizlariga...
Berdiyeva Dilnavoz Toshkan qizi
eh qizlar qizlar...
ReplyDeletesiz twitterda o'tirarsiz...
a mundoq odno, whatsapp, wechat, viber, telegram va boshqa h.k.larda o'tiradigan qizlar haqida nima deysiz?
Siz faqat haqiqiy o'zbek qizlar haqida gapiribsiz!
Bunaqalar bizda 100 foizdan chiqsa 40-50 foiz chiqadi!
Qolgan 50-60 foiz haqida kim gapiradi?
O'shalarni deb bolalarda shunaqa tasavvurlar uyg'ongan axir!
Ijtimoiy tarmoqlarni nima aloqasi bor? Aynan nimaga asoslanib 50-60% qizlarni yomon otliqqa chiqarayapsiz? Aynan necha foizligini bilmadimu o'sha ozchilikni tashkil etuvchi qizlarni shunaqa kiyinishi va hokazolarda yigitlarni xissasi yo'qmi?
Deletesiz gaplarimga yaxshilab e'tibor bering!!!
DeleteTwitterda madaniyatli, o'qimishli qizlar o'tiradi. Ko'p hollarda albatta!
men ko'rgan bilganim uchun gapiryapman! nega siz ozizni qolgan 50-60 foizga kiraman deb oylayapsiz?
Siz ularga kirmaysiz!
Yoki hamma qizlar nomidan gapiryapsizmi?
Kim ayborligi haqida mening ham qarashlarim bor!
1-navbatda ota-ona! Yaxshi tarbiya bermagan i ishiyam yoq qizi bilan!
2-navbatda qizning ozida yoq ong degan tushuncha!
3-navbatda yigitlar aybdor!
Tavba! men hamma qizlar demadim-ku?!! Ochiq kiyinish haqida-ku umuman yozmadim! )))
ReplyDelete