Friday 28 February 2014

Quvonch gormoniga ega bo‘lishni xohlaysizmi ?! :)


Labaratoriya. 3-etaj. Derazaning oldi.
Oynadan tashqariga qaradim, bahor kelyabdi…
 Derazadan bir qarashdayoq endi - endi kurtak ochaman degan daraxtlar, moviy musaffo osmon, qayoqqadir shoshayotgan mashinalar, gazeta o‘qiyotgan bemor, qo‘lida katta sumka  bilan nimalarnidir o‘ylayotgan buvi, somsa sotayotgan ayol, sigaret chekayotgan ikki maktab o‘quvchisi, oq xalat kiyib olib pista chaqib xandon otayotgan praktikant qizlar ko‘zga tashlanmoqda…
Gazeta o‘qiyotgan bemor… Hayoli aniq gazetadamikin, yoki ertaga bo‘ladigan operatsiyasini o‘ylabdimikan?! Yonidagi ikkita maktab bolasiga chekma desa bo‘lardi. Yo‘q , e’tibor qilmadi. Agar o‘rnida men bo‘lganimda ayta olarmidim?! Yo‘q, aytmasdim.  Kecha qonunlardan yaxshigina xabardor bo‘lgan bir insondan so‘ragan edim: “Sigaret chekayotgan o‘smirning o‘ziga jazo yo‘q. Lekin, sotish ta’qiqlangan” degandilar. Demak, befoyda. Hozir hamma o‘z haq – huquqlarini yaxshi biladi. O‘smirlarni sigaret chekishini ta’qiqlovchi qonun ishlab chiqarishsa yaxshi bo‘lardi. Hali ularning organizmi murg‘akku,  hatto  o‘smirlikka ham butunlay o‘tib ulgurmagan organizmga o‘tirayotgan zahar turli nafas yo‘llari kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Aniq-ki, kasal odamga, o‘zini kasal qilgan odamga kelajakni ishonib bo‘lmaydi.  
Umuman kayfiyatimni bu chekayotgan bolalar-u, sekinroq kulishni iloji bo‘lgan vaqtda qah - qah otayotgan qizlar, sotuvchi ayolning og‘zini  beo‘xshov ochib chaynayotgan saqichi  bugun buza olmadi.
Bugun  sahardan stol tennis o‘ynaganim sababli kayfiyatim juda yaxshi. Umuman nimanidir yoki kimnidir o‘ylamaslik uchun va ba’zan  xotirjamlik va dam olishni istasam ko‘p hollarda uchta ishni takrorlayman:
1-    Kitob o‘qiyman.  Kitobda yashayman, kitob voqealari tushlarimga ham kiradi hatto. Hadislar bilan qalbimni orom toptiraman. Ilmiy adabiyotlar o‘qib orzular qilaman.
2-    Bor iqtidorim - u mahoratimni ishga solib taom tayyorlayman. Ishoning, bu yoqimli mashg‘ulot.
3-    Tennis o‘ynayman.

Bugun sahar vaqtida tennis o‘ynadim. Havo shunaqangi yoqimli ediki, sekin esayotgan shabboda bahor kelayotganidan darak berardi. Mana shunday havoda, tennis o‘ynashni juda yaxshi ko‘raman. Tasavvur qiling, musaffo osmon , sekin shabboda esyabdi, quloqda naushnik – sevimli qo‘shig‘ingizni tinglab tennis o’ynayabsiz, qo‘llaringiz havoda erkin harakatlanadi, oyoqlaringiz yerga shu qadar yuza tegib turibdiki, uchishga shaydek go‘yo… Har safar tennis sharchasini urganingizda kulib qo‘yasiz…  Bugun Ozodbek Nazarbekovning – “Nigohlarin bor”  qo‘shig‘ini eshitib , goh - gohida raqsga tushib, tennis o‘ynadim. Musiqasi judayam sho‘x bo‘lgani uchunmi, chinakamiga tez va shiddat bilan o‘ynadim… Bir olam zavq oldim.

Bolaligimdan dadam bilan ayam bizlarni har tomonlama sog'lom bo'lishimiz uchun hamma sharoitlarni tayyorlab berishgan. Angena(bodomcha bez)m tez tez shamollab turgani sababli, uni da'volash uchun, vrachlar angenani olib tashlash kerak deyishganiga ishonch hosil qilish uchun dadam va ayam Ibn Sinoning Tib qonunlari asarlarini tarjima qilib chiqishgani yodimda.
Agar kechqurun ovqatni sal kechroq yesak, yoki hazm qilinishi qiyin bo'lgan ovqat yesak qishloq bo'ylab aylangani olib chiqishadi. Bunchayam bizga e'tiborli bo'lishgan a deb o'ylab qolaman. 
Yodimda hali bola edim , 6-yoki 7- sinfda o'qirdim. Dadam gazetadan yoshlarda ko'zining zreniesi keskin tushib ketish darajasi 30 % ga oshganligini o'qib qolgandilar... Ertasi kuni Qoramolimizni sotib tennis stoli,  raketkasi va sharchasidan sotib olib kelgandilar. Oo yodimda birinchi kunlari doim talash bo'lardi o'ynash. Manga raketkani ushlashni ilk bor dadam va ayam o'rgatganlar... Bizni uyda har doim, hamma bomdod vaqtida turiladi, umuman manimcha hamma qishloqlarda shunaqa. Avval barcha ertalabki uy yumushlarini yarim soat ichida qilardik, va nonushtadan oldin albatta tennis o'ynardik, ko'p hollarda dadam va ukalarim yugurib keliashardi... Nega o'tgan zamonda gapiryabman, hayronman, Shukrki hozir ham shunaqa:). Ba'zan kech uyg'onib qolsam hovlida dadam bilan ayamning tennis o'ynayotganliklarini ko'rib quvonaman. Ularni osmoncha yaxshi ko'ramanda. 
Tennis o'ynash man uchun makon va vaqt tanlaydi! Hech qachon sport zalda tennis o'ynab qoniqmaganman, ochiq havoda o'ynashga nima yetsin. Hovlimzda tennis o'ynayotganimda daryoning shamoli, daraxtlarning sekin sekin tebranishi ilhom berib turadi.


Stol tennisning foydalari nihoyatda katta, quyida shulardan o‘zim bilganlarim bilan o‘rtoqlashmoqchiman, “Menga kerak emas” deyishga shoshilmang, kamida 3-4 soat kompyuter oldida vaqt o‘tkazayotganlar uchun, ayniqsa bu foydali :

Birinchidan:  Ko‘zlaringiz uchun bu stol tennis deganlari foydaning o‘zi. Chunki , tennis o‘ynalayotgan vaqtda ko‘zlaringiz tennis sharchasi trayektoriyasi bo‘ylab harakatlanadi. Bu esa avvalo ko‘zlarning ko‘rish o‘tkirligini, ko‘zni harakatlantiruvchi muskullarning faoliyatini yaxshilaydi, ko‘z qon tomirlarning mustahkamligini oshiradi, bundan tashqari quyosh nurida ko‘zi yoshlanadigan insonlar uchun ham koni foyda.


Ikkinchidan: Mushaklarida tuz to‘planishini oldini oldini oladi. Ishonavering faqat yutish emas, yutqazish ham foydali. Masalan, men har o yinni boy berganimda , eh deb osmonga qarayman, bo‘yin muskullari ham dam olishi kerakku?! 

Uchinchidan: Tennis qon aylanishi faoliyatining yaxshilanishida, nafas yo‘llarining kengayishida, oshqozon ichak sistemasida ovqatning faol hazm bo‘lish jarayonlarini yaxshilashda nihoyatda foydali mashg‘ulot.

To rtinchidan: Stol tennisi bilan shug‘ullanish  organizmda quvonch gormoni bo‘lmish serotonin gormonini ishlab chiqarilish jarayonini tezlashtirar ekan. Shu ma’lumotni o‘qiganimdan keyin anglaganman nega xafa bo‘lsam tennis o‘ynagim kelishi sababini. Quvonchlarga to‘lib yuring.

Umuman nafaqat tennisning balki hamma sport turining ham organizmga foydasi ko‘p. Yuqorida tennis o‘rganishimga, o‘ynashimga sabab bo‘lgan omillarni keltirib o‘tdim xolos. Tennis o‘ynab turing.

P.S: Nega aynan xitoylik stol tennischilarning rasmi deyayotgandirsiz a?! Shunchaki, bu bilan, xitoyliklar stol tennisi boyicha hozirda dunyoda birinchi orinda ekanliklarini aytib o'tmoqchi edim.


Berdiyeva Dilnavoz Toshkan qizi

Thursday 20 February 2014

Ismsiz tuyg'ular...


Ismsiz tuyg‘ular bo‘ladi…
Nominida bilmaysiz kishi goho: uyatmi?! ,  Andishami?! … Yoxud…

Yoningizda turgan dugonangiz yoki suhbatdoshingiz yolg'on gapiryabdi, sezyabsiz… lekin oxirigacha eshitasiz, “Hm” deb tasdiqlab qo’yasiz goho…

Andisha qilasiz… yuzidan o‘ta olmaysiz…

Kimnidir kutyabsiz…  Kutishdan ham boshqa sizni juda muhim ishlar kutyabdi… shoshyabsiz. Ammo qani o‘sha kutganingiz tezroq kela qolsa. Ayniqsa bu vaqtda shu boqi beg‘am telefon qilib: “bugun noqulay ob havo tufayli (yoki qandaydur vaj) borolmayman, boshqa kuni ishimni hal qilib berarsiz”  desa, tishlaringiz g‘ichirlab ketadiyu, lekin tillaringiz: “Mayli , hechqisi yo‘q” deydi…

Andisha qilasiz… Maylida… Andishaning otini qo‘rqoq ham qo‘yishadi goho…

Qo‘shnilar bilan, yoki dugonalar bilan yig‘ilgansiz… Hamma har yoqdan gapiryabdi. Asosiy gaplar : “debdi”, “bo‘libdi”, “keyinchi”… Qiziqib eshitasiz, goho qo‘shilib ham qolasiz gaplarga… Ichingizda kimdir, aqlmi, yurakmi, vijdonmi  “Birovni g‘iybat qilish o‘sha odamni go‘shtini yegan bilan barobar”,  “G‘iybat uchun savoblaring bilan  hisob to‘laysan” deyayotganligini sezasiz. Darrov oqlab olasiz o‘zingizni:  “G‘iybat qilmang, Gapirmang, qo‘ying” deyolmaymanu "Xafa bo'ladi" deb…

Andisha qilasiz… Yoki… Yomon ko‘rib qolishlaridan qo‘rqasiz… Bir kursdoshim : “O‘zbekning andishasi o‘ziga dushman”deydi doim…

“Kerakmanmi?” degan savolga, yuragingiz aytgan: “Keragidan ortiq keraksiz” degan javobni berishga ichingizdagi  nimadir(andisha, uyat, hayo), yoki boshingizdagi aqlmi “indama , jim” deb yo‘l qo’ymaydi…
Uyalasiz… Andisha qilasiz…

Andishaning borligi naqadar yaxshi…

Uyatning narxi osmonlarga teng…

Hayoning bahosi tengsiz…


P.S: rasm qo'ymoqchi edim... Hayoni ifodalaydigan rasm topa olmadim... Andishaning rangi o'xshaydigan rang topa olmadim... Uyatni anglatadigan chizgilar topa olmadim... Ha, aslo topolmayman ham...Ularning chizgisi, rangi, tuzilishi yo'q... Ularni makoni aniq xolos! Ularning makoni - Qalb...

Sunday 16 February 2014

Evolyutsiya?! Bo‘lmagan gap(mi)!


“Sevimli kasbda ishlash — yarim baxt”
Bugun o‘zimning kasbim, o‘z yo‘lim haqida gapirmoqchiman. So‘z avvalida shuni aytmoqchimanki, men — biologman. Kasbimni bir odam o‘z kasbini qanchalik darajada yaxshi ko‘ra olsa, men ham ana shunday sevaman. Tushunaman, boshqa soha vakili bo‘lganlar uchun biologiya haqidagi ta’limotlarni tushunish, o‘zlashtirish, anglash qiyin kechadi. Chunki, o‘zim ham biologiyani umumiy darajada qamrab oladigan bilimga ega emasman, ammo maqtanishga yo‘ymang-u biokimyo — o‘z yo‘nalishimni elementar darajadan boshlab o‘rgana oldim. 5 yil umrimning har lahzasida biokimyo yashadi. Ammo hech ozimdan konglim to‘lmaydi! Mayli, tolmasin ham. Chunki, ustozim “Haqiqiy ilmli kishi o‘zidan, ilmidan ko‘ngli hech qachon to‘lmaydi”, deydilar.
         Uzbloggerlar tanlovi boshlangandan buyon kuzatdim, sohaga oid blogpostlar kam yozilmoqda. Sababi, o‘qiyotgan o‘quvchi maxsus sohani tushunishi qiyin. To‘g‘ri-da, necha yillik izlanishlar natijalarini bir qarashda anglash birmuncha murakkab. Jumladan, mening soham biokimyoni ham! Shu boisdan oddiygina qilib hozir olib borayotgan ilmiy izlanishlarimizni boshqa soha bilan bog‘lab tushuntirmoqchiman, Sababi, Biologiyaning jamiyatdagi har bir soha bilan bog‘liqligini ko‘proq kishi tushunishini, kasbimga nisbatan insonlar qalbida mehr uyg‘onishini xohlayman. Biologiyani faqat o’simlik, hayvon yoki odam organlarini organuvchi fan deb qaralashini istamayman.
         Ayniqsa, Biologlarni “Darvinchilar” deyishsa, jahlim chiqib ketadi. Xop, avvalo,  odam evolyutsiyasi haqida gap ketar ekan, shuni aytishim mumkinki, men bilgan kuchli biologlarning 80 foizi Darvinning odam paydo bolishi nazariyasiga qarshi emas. Shu bilan birga, diniy qarashlarni ham inkor etmaydilar. Ular Darvin o‘z fikrini toliq tushuntirib berolmagan deb hisoblaydilar. Darvinning ozi diniy bilimi kuchli ruhoniy bo‘lgan.U Injilni toliq organib chiqqan, kamida odam maymundan tarqagan, degan nazariyani ilgari surishi mumkin emas mantiqan.
Avvalo, Darvin ta’limoti nima?!  Darvinizmchilarni ozi ham ikki toifaga bo‘linishadi. Bir toifa Darvinizm tarafdorlarining ta’limotida Darvin quyidagi g‘oyani ilgari suradi: “Odam paydo bo‘lishi evolyutsiya asosida rivojlangan va inson odamsimon maymunlardan tarqagan. Bunga odamning embrionda rivojlanishi misol bo’ladi. Masalan, odam ona qornida rivojlanar ekan, birinchi baliqlarga o‘xshash tuzilib, hatto jabra yoriqlari ham bo‘ladi”, degan fikrlar bilan ushbu g’oyani isbotlashga urunishdi.
         Ikkinchi xil Darvinistlar esa “Evolyutsiya mavjud. Darvinning qarashlari to’g’ri, faqat uni boshqalar noto‘g‘ri talqin qilishyapdi. Darvin “Odam odamsimon maymundan tarqadi” demagan, balki “Odam maymunsimon odamdan tarqadi”, qabilidagi qarashni ilgari surgan”, degan dunyoqarash egalari bo‘lgan.
       Antidarvinistlar esa Evolyutsiyani keskin rad etganlar, butun dunyoni, hujayra-yu materiyani, yer-u osmonni, odamzod-u hayvonotni Alloh yaratgan, degan g‘oyani ilgari surishgan.
Jumladan, Qur’oni Karimning Mo‘minun surasi 12- oyatida: “Qasamki, biz insonni loyning sarasidan yaratdik”, deyiladi. Inson organizmida olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, tuproqda uchraydigan elementlarning ko‘pchiligi inson tanasida ham bor. Tirik to‘qimalarning 95 foizi Uglerod, Vodorod , Kislorod, Azot, Fosfor va shu kabi 26 ta elementdan tashkil topgani isbotlangan.
Yoki, suvni oladigan bo’lsak, bejizga suv hayot manbai deyilmaydi. Chunki tirik organizmlarni 50-90 foizi suvdan iborat. Bu haqda ham Qur’oni Karimda isbot-u dalillar bisyor. Bu shunchaki ikkita misol xolos. Agar Horun Yaxyoning kitoblarini o‘qib chiqsangiz, hech qachon dunyoviy va diniy bilim bir-birini inkor etmasligining guvohi bo‘lasiz. Umuman, yuqoridagilarni keltirishimdan sabab biz, to‘g‘ri, Darvin ta’limotini o‘rganamiz, chuqurroq o‘rganamiz, Darvinning organing olamning kelishi haqidagi fikrlari haqiqatga yaqinligini gepoteza sifatida anglaymiz, ammo bu uni tan olganmizni unga e'tiqod qilishimizni bildirmaydi. Diniy bilimlar qatorida dunyoviy bilimlarnida o'rganish farzimiz. Bu e'tiqodimizga zarar yetkazmaydi. Amir Temur ta'kidlaganlaridek:Dilda e'tiqod butun bo'lsa, aslo naslimiz yo'qolmagay, tilimiz unutilmagay!  Biologlarni hammasi ham DARVINIST emas. Aslida Evolyutsiya haqidagi fanning nomi ham "Evolyutsion ta'limot" shaklida o'tilishiga e'tibor qaratish lozim. Nega Evolyutsiya emas? Sababi hali evolyutsion qarashlar to'g'risida hali aniq xulosa qilinmagan, isbot talab etadigan gepotezalar bilan to'lib yotibdi.

    Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zMU Biologiya - tuproqshunoslik fakulteti professori. ustoz Abdulov ham"Odam maymundan kelib chiqqan" degan nazariyani keskin rad etadi. Ustoz bunga sabab qilib uchta quyidagi morfologik ko'rsatkichlarni ko'rsatadi:
Birinchidan, maymunlarning sochi o'smaydi, odamning sochi esa o'sadi. 
Ikkinchidan, odamning turnog'i o'sadi, maymunniki esa o'smaydi.
Uchinchidan, odamning burun qismida "qanot"(ikki yon tomonidagi qattiq qism-  qanot deyiladi) qismi mavjud, Maymunlarda esa yo'q. 
Morfologik ko'rsatkichlarki, odamning maymundan tarqalganini inkor etyabdimi, demak boshqa jarayonlar, metobolizm haqida gap so'z bo'lishi mumkin emas.


***

Hikoyaviy chekinish:
Universitet. 2- bosqich. Genetika darsi. Yakuniy Nazorat.
Bizda Yakuniy Nazoratlar kop hollarda og‘zaki olinadi. Ustozning oldilariga kirib, bilet tortdim: qaysi biletligi yodimda yo‘q, birinchi savol: “Odam evolyutsiyasi. Darvin nazariyasi” edi. Darvin nazariyasini, u ilgari surgan goyalarini aytib berdim. Diniy va dunyovish qarashlarga to‘xtaldim.
Ustoz savol berdilar:
-            Evolyutsiya ta’limotiga qo’shilasizmi?  Fikrizni dalillar bilan isbotlang.
Men javob berdim:
-           Evolyutsiya bolmagan gap. Evolyutsiyon ta’limot boyicha prokariotlardan eukariotlar kelib chiqqan deyiladi. Balki hamma narsani toliq isbotlashga, tushuntirishga, anglashga bilimim yetmas, lekin aniq bilamanki, men prokariotlardan kelib chiqmaganman. Aniq ayta olamanki, viruslar mening ajdodim emas. Inson mojiza. Organizmda kechadigan murakkab mexanizmlarni bilgan holda evolyutsiyani inkor etaman.  Kechirasizlarku, yadrosiyam to‘liq shakllanmagan bitta virusdan odamku odam maymunniyam kelib chiqishini tasavvur qilishni o‘zi ilmsizlik.

Fikrimni eshitgan domlam kuldilar. Ikkinchi savolga javob bera olmaganman, tolqinlanib gapirganimdan
***

Bu biologiyaga kirish edi :)
Soham juda qiziq va Ozbekiston uchun eng kerakli soha deb hisoblayman. Boshqa tarmoqlarning rivojiga ham hissa qo’shayotganidan xabaringiz bolmasa, hozirgi kunda olib borilayotgan ishlar iqtisodiyotimiz va inson salomatligiga qanchalar foyda keltirayotgani haqida ozgina to‘xtalsam, degandim. Biz hozirgi kunda rekombinant oqsil ("sun'iy" oqsil ) olish bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdamiz. Kelajakda ham shu soha boyicha ishlashda davom etmoqchiman.
Rekombinant oqsil olish hozirgi kunning aktual muammolaridan biri hisoblanadi. Chunki rekombinant oqsillarni olishni ozigina bir qancha muammolarni hal qiladi. Masalan, betatrofin degan oqsil bolib, uning rekombinant formasi pankreatik beta hujayralarni kontrol (nazorat) qiladi. Ilmiy izlanishlar natijasida yangi yaratilgan oqsil yordamida diabetga chalingan insonlarning oziga insulinni ukol qilishdan ozod qilishi mumkin.  Ya’ni, qandli diabetga uchragan insonlar kunora yoki hattoki, har kuni ozlariga insulin ukol qilishadi. Birinchidan, bu ogriq keltiradi. Chunki, har kuni tanasiga nina sanchiladi. Ikkinchidan, insulin anchagina qimmat. Uchinchidan, bemor butun umr shunday qilib yurishi kerak. Agar betatrofin oqsilining rekombinant turi ishlab chiqarilsa, bu oqsil organizmda pankreatik beta hujayralarning bo'linishini kuchaytiradi va o'z-o'zidan qandli diabet kasalligi kamayadi. Qolaversa, agar bemor immuniteti kuchli bolsa, o'zi ham tabiiy ravishda betatrofinni ishlab chiqarish sur’atini oshiradi va natijada, bemor organizmiga betatrofin 1 yilda bir marta ukol yordamida yuborib turiladi xolos.  Endi ozingiz oylang, 1 yilda marta yoki boringki, 2 marta ukol qilish, ham arzon, ham ogriq kam, va eng asosiysi, ushbu jarayon doimiy emas, vaqtinchalik.
Ana shunaqa, Biologiya faqat osimlig-u hayvonlarni o‘rganishdan iborat fan emas, Biologiya Hayot haqidagi fan.

P.S: Yuqoridagi faqat mening qarashlarim. Mulohazalarim.

Dilnavoz Berdiyeva Toshkan qizi

Saturday 1 February 2014

Ko‘zlarimiz "qorong‘u" likka o‘rganib qolmasin...



Katta bolish, ulgayish ma’suliyatni oshirarkan. Chunki inson ulgaygani sari muammolar ham kopayib boradi. Yoq, aslida osha muammolarga, vaziyatlarga qarash, yondashish ozgaradi. Masalan, men uchun bolaligimda chana uchganimda faqat chana uchish zavqi eng muhim bolgan, hozir esa chana uchsam, “yiqilib tushmasmikinman, oyogim lat yemasmikin” degan hayollar boladi , natijada bolaligimdagi zavqni tuya olmayman. Aslida yiqilib tushish, jismim ogrishidan qorqmayman, umuman Jism bu nima?! Oxiri tuproqqa komiladi, tuproqqa aylanadi. Men Jonim ogrishidan qorqaman, Chunki mening jismim ogrisa ayam bilan dadamning jonlari ogriydi. Mening jonim ularning ichida. Ularni ikki dunyoda ham shod qilsam deyman…
Katta bolish qiyin, oylar kopayadi… Sizni bilmadimu, men Chingiz Aytmatovning asarlarini oqisam, kamida bir oy xayol suraman. Ozimcha asarlarni yakunlayman. Turli, ozimga yoqqan uslubda. Shu gaplarni yozib turib ham hayolimdan otgani: “ “Birinchi muallim” asaridagi qahramonlar Duyshen va Oltinoy qayta korisha olarmikin?!” Bolaligimda kop asarlarni oxirini yaxshilik bilan tugatib qoyardim. Bugun esa, hammasi boshqacha… Sohib Egamovning tanlov uchun yozgan blogpostlari ( http://beksohib.blogspot.com/2014/01/dostlar-yaxshilarni-avaylab-asrang.html ) ni oqiganimdan buyon Chilonzor bozoriga borsam, osha ta’riflangan bolakayni qidiraman - hali ulgaymagan konglim bilan… Ozicha aqlli aqlim esa: “Topganingdan foyda yoq, ishingni qil” deydi…
Katta bolish qiyin, mana shu satrlar ham sozlarimga guvoh:    http://kamanoir.uz/tags/ish/
Bolaligimda haqiqatni aytishdan, unga tik qarashdan qorqmasdim, bola edimda… Hozir esa, haqiqatni kormaslik uchun kozlarimni yumaman, koshki shu bilan vijdon orom topsa?! Guruh boshligi  hamma , shu domlani shu kitobini sotib olsin, baho chiqadi” deydi, Men ham sotib olaman, ozimcha “pora” bermadim, kitob sotib oldimda… Kitob sotib olmasam, oqib ham, juda bolmasa ichimdan toqib ham bahoni olishim mumkin, lekin baribir e’tiroz bildira olmayman, sababi ozimcha andisha qilaman: “boshqa kursdoshlarim baho olisholmay xafa bolib yurishmasin”… O’zimcha “hisob” beramanda vijdonga. Ha, ustozim haq, yuzakilashyabmiz. Lekin baribir oz ozimga soz berdim – Izlanaman. Biz patokda 120 ta kishi oqiymiz, biz biologmiz, ammo afsuski, oqsil va aminokislotani nimaligini bilmaydigan biologlarimiz kop…Kozimni yumaman, “Menga nima?!”. Mayliyu, ammo, Tibbiyot akademiyasida  Oqiyotgan ayrim, bo’lajak “qassoblar”ga qarab odamni yuragi uvushadida.
Kozlarimni yumdim… Oqim boylab suzish osonroq…
Ulgayganimiz sari hayotimiz moddiylashib borarkan. Ishqilib hislarimiz, ozimiz “moddiylashib” ketmaylik… 
Sahih hadislarda oqigandim, “Siz qilayotgan ishingizni bolangiz ikki marta kop qiladi” degan. Shunchaki, siz ham oylab koring, bu degani Siz bir shisha aroq ichsangiz, farzandingiz ikki barobar kop ichadi! Dilingizdan "nasihat qilmagan siz qoluvdingiz" degan soz otdi a?! Topdim a?! Shuning uchun ham bu sozlarni hayotda deyarli hech kimga aytmaymanda. Axir men ham kozlarimni yumib yashashga organib qolganman…
Kozlarimni yuma yuma kor bolib qolmasam boldiydi…
            Yosh bolalarcha qilgan orzularimni she’riy misralarga tizgandim… Bolalik – beguborlik, qalbi oqlik… Katta odam bolib qoldik allaqachon, lekin ilohim hech qachon qalbimizni bolalarga xos samimiylik, soflik , beguborlik tark etmasin, ko‘zlarimizni ochib yashashni o’rganaylik… 

Bir lahza quyosh bolib, dunyo yoritsam
Nur sochsam-u zimiston kongillar yonsa
Quvonch bolib, gamlarning barin qaritsam
Sevishgan yuraklar ham visolga qonsa…

Bir lahza dardlarga darmon bololsam
Laylisiz qolmasdi balki Majnunlar
Har on duolarda sobit turolsam
Bizga yololmasdi balki armonlar

Bir lahza orzu bolib , armonni quvsam
Umidsiz qalblargada yoqolsam chiroq
Boylikdan ustunroq bir sevgi bololsam
Balki, dostlar shunda chekmasdi firoq.

Shunday gozal bir SABR bolsam
Yuraklarda ornashsam mahkam
Taqvo bolsam, havas qilsalar
Farishtalar yiglasa, olsam...