Sunday, 16 February 2014

Evolyutsiya?! Bo‘lmagan gap(mi)!


“Sevimli kasbda ishlash — yarim baxt”
Bugun o‘zimning kasbim, o‘z yo‘lim haqida gapirmoqchiman. So‘z avvalida shuni aytmoqchimanki, men — biologman. Kasbimni bir odam o‘z kasbini qanchalik darajada yaxshi ko‘ra olsa, men ham ana shunday sevaman. Tushunaman, boshqa soha vakili bo‘lganlar uchun biologiya haqidagi ta’limotlarni tushunish, o‘zlashtirish, anglash qiyin kechadi. Chunki, o‘zim ham biologiyani umumiy darajada qamrab oladigan bilimga ega emasman, ammo maqtanishga yo‘ymang-u biokimyo — o‘z yo‘nalishimni elementar darajadan boshlab o‘rgana oldim. 5 yil umrimning har lahzasida biokimyo yashadi. Ammo hech ozimdan konglim to‘lmaydi! Mayli, tolmasin ham. Chunki, ustozim “Haqiqiy ilmli kishi o‘zidan, ilmidan ko‘ngli hech qachon to‘lmaydi”, deydilar.
         Uzbloggerlar tanlovi boshlangandan buyon kuzatdim, sohaga oid blogpostlar kam yozilmoqda. Sababi, o‘qiyotgan o‘quvchi maxsus sohani tushunishi qiyin. To‘g‘ri-da, necha yillik izlanishlar natijalarini bir qarashda anglash birmuncha murakkab. Jumladan, mening soham biokimyoni ham! Shu boisdan oddiygina qilib hozir olib borayotgan ilmiy izlanishlarimizni boshqa soha bilan bog‘lab tushuntirmoqchiman, Sababi, Biologiyaning jamiyatdagi har bir soha bilan bog‘liqligini ko‘proq kishi tushunishini, kasbimga nisbatan insonlar qalbida mehr uyg‘onishini xohlayman. Biologiyani faqat o’simlik, hayvon yoki odam organlarini organuvchi fan deb qaralashini istamayman.
         Ayniqsa, Biologlarni “Darvinchilar” deyishsa, jahlim chiqib ketadi. Xop, avvalo,  odam evolyutsiyasi haqida gap ketar ekan, shuni aytishim mumkinki, men bilgan kuchli biologlarning 80 foizi Darvinning odam paydo bolishi nazariyasiga qarshi emas. Shu bilan birga, diniy qarashlarni ham inkor etmaydilar. Ular Darvin o‘z fikrini toliq tushuntirib berolmagan deb hisoblaydilar. Darvinning ozi diniy bilimi kuchli ruhoniy bo‘lgan.U Injilni toliq organib chiqqan, kamida odam maymundan tarqagan, degan nazariyani ilgari surishi mumkin emas mantiqan.
Avvalo, Darvin ta’limoti nima?!  Darvinizmchilarni ozi ham ikki toifaga bo‘linishadi. Bir toifa Darvinizm tarafdorlarining ta’limotida Darvin quyidagi g‘oyani ilgari suradi: “Odam paydo bo‘lishi evolyutsiya asosida rivojlangan va inson odamsimon maymunlardan tarqagan. Bunga odamning embrionda rivojlanishi misol bo’ladi. Masalan, odam ona qornida rivojlanar ekan, birinchi baliqlarga o‘xshash tuzilib, hatto jabra yoriqlari ham bo‘ladi”, degan fikrlar bilan ushbu g’oyani isbotlashga urunishdi.
         Ikkinchi xil Darvinistlar esa “Evolyutsiya mavjud. Darvinning qarashlari to’g’ri, faqat uni boshqalar noto‘g‘ri talqin qilishyapdi. Darvin “Odam odamsimon maymundan tarqadi” demagan, balki “Odam maymunsimon odamdan tarqadi”, qabilidagi qarashni ilgari surgan”, degan dunyoqarash egalari bo‘lgan.
       Antidarvinistlar esa Evolyutsiyani keskin rad etganlar, butun dunyoni, hujayra-yu materiyani, yer-u osmonni, odamzod-u hayvonotni Alloh yaratgan, degan g‘oyani ilgari surishgan.
Jumladan, Qur’oni Karimning Mo‘minun surasi 12- oyatida: “Qasamki, biz insonni loyning sarasidan yaratdik”, deyiladi. Inson organizmida olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, tuproqda uchraydigan elementlarning ko‘pchiligi inson tanasida ham bor. Tirik to‘qimalarning 95 foizi Uglerod, Vodorod , Kislorod, Azot, Fosfor va shu kabi 26 ta elementdan tashkil topgani isbotlangan.
Yoki, suvni oladigan bo’lsak, bejizga suv hayot manbai deyilmaydi. Chunki tirik organizmlarni 50-90 foizi suvdan iborat. Bu haqda ham Qur’oni Karimda isbot-u dalillar bisyor. Bu shunchaki ikkita misol xolos. Agar Horun Yaxyoning kitoblarini o‘qib chiqsangiz, hech qachon dunyoviy va diniy bilim bir-birini inkor etmasligining guvohi bo‘lasiz. Umuman, yuqoridagilarni keltirishimdan sabab biz, to‘g‘ri, Darvin ta’limotini o‘rganamiz, chuqurroq o‘rganamiz, Darvinning organing olamning kelishi haqidagi fikrlari haqiqatga yaqinligini gepoteza sifatida anglaymiz, ammo bu uni tan olganmizni unga e'tiqod qilishimizni bildirmaydi. Diniy bilimlar qatorida dunyoviy bilimlarnida o'rganish farzimiz. Bu e'tiqodimizga zarar yetkazmaydi. Amir Temur ta'kidlaganlaridek:Dilda e'tiqod butun bo'lsa, aslo naslimiz yo'qolmagay, tilimiz unutilmagay!  Biologlarni hammasi ham DARVINIST emas. Aslida Evolyutsiya haqidagi fanning nomi ham "Evolyutsion ta'limot" shaklida o'tilishiga e'tibor qaratish lozim. Nega Evolyutsiya emas? Sababi hali evolyutsion qarashlar to'g'risida hali aniq xulosa qilinmagan, isbot talab etadigan gepotezalar bilan to'lib yotibdi.

    Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zMU Biologiya - tuproqshunoslik fakulteti professori. ustoz Abdulov ham"Odam maymundan kelib chiqqan" degan nazariyani keskin rad etadi. Ustoz bunga sabab qilib uchta quyidagi morfologik ko'rsatkichlarni ko'rsatadi:
Birinchidan, maymunlarning sochi o'smaydi, odamning sochi esa o'sadi. 
Ikkinchidan, odamning turnog'i o'sadi, maymunniki esa o'smaydi.
Uchinchidan, odamning burun qismida "qanot"(ikki yon tomonidagi qattiq qism-  qanot deyiladi) qismi mavjud, Maymunlarda esa yo'q. 
Morfologik ko'rsatkichlarki, odamning maymundan tarqalganini inkor etyabdimi, demak boshqa jarayonlar, metobolizm haqida gap so'z bo'lishi mumkin emas.


***

Hikoyaviy chekinish:
Universitet. 2- bosqich. Genetika darsi. Yakuniy Nazorat.
Bizda Yakuniy Nazoratlar kop hollarda og‘zaki olinadi. Ustozning oldilariga kirib, bilet tortdim: qaysi biletligi yodimda yo‘q, birinchi savol: “Odam evolyutsiyasi. Darvin nazariyasi” edi. Darvin nazariyasini, u ilgari surgan goyalarini aytib berdim. Diniy va dunyovish qarashlarga to‘xtaldim.
Ustoz savol berdilar:
-            Evolyutsiya ta’limotiga qo’shilasizmi?  Fikrizni dalillar bilan isbotlang.
Men javob berdim:
-           Evolyutsiya bolmagan gap. Evolyutsiyon ta’limot boyicha prokariotlardan eukariotlar kelib chiqqan deyiladi. Balki hamma narsani toliq isbotlashga, tushuntirishga, anglashga bilimim yetmas, lekin aniq bilamanki, men prokariotlardan kelib chiqmaganman. Aniq ayta olamanki, viruslar mening ajdodim emas. Inson mojiza. Organizmda kechadigan murakkab mexanizmlarni bilgan holda evolyutsiyani inkor etaman.  Kechirasizlarku, yadrosiyam to‘liq shakllanmagan bitta virusdan odamku odam maymunniyam kelib chiqishini tasavvur qilishni o‘zi ilmsizlik.

Fikrimni eshitgan domlam kuldilar. Ikkinchi savolga javob bera olmaganman, tolqinlanib gapirganimdan
***

Bu biologiyaga kirish edi :)
Soham juda qiziq va Ozbekiston uchun eng kerakli soha deb hisoblayman. Boshqa tarmoqlarning rivojiga ham hissa qo’shayotganidan xabaringiz bolmasa, hozirgi kunda olib borilayotgan ishlar iqtisodiyotimiz va inson salomatligiga qanchalar foyda keltirayotgani haqida ozgina to‘xtalsam, degandim. Biz hozirgi kunda rekombinant oqsil ("sun'iy" oqsil ) olish bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdamiz. Kelajakda ham shu soha boyicha ishlashda davom etmoqchiman.
Rekombinant oqsil olish hozirgi kunning aktual muammolaridan biri hisoblanadi. Chunki rekombinant oqsillarni olishni ozigina bir qancha muammolarni hal qiladi. Masalan, betatrofin degan oqsil bolib, uning rekombinant formasi pankreatik beta hujayralarni kontrol (nazorat) qiladi. Ilmiy izlanishlar natijasida yangi yaratilgan oqsil yordamida diabetga chalingan insonlarning oziga insulinni ukol qilishdan ozod qilishi mumkin.  Ya’ni, qandli diabetga uchragan insonlar kunora yoki hattoki, har kuni ozlariga insulin ukol qilishadi. Birinchidan, bu ogriq keltiradi. Chunki, har kuni tanasiga nina sanchiladi. Ikkinchidan, insulin anchagina qimmat. Uchinchidan, bemor butun umr shunday qilib yurishi kerak. Agar betatrofin oqsilining rekombinant turi ishlab chiqarilsa, bu oqsil organizmda pankreatik beta hujayralarning bo'linishini kuchaytiradi va o'z-o'zidan qandli diabet kasalligi kamayadi. Qolaversa, agar bemor immuniteti kuchli bolsa, o'zi ham tabiiy ravishda betatrofinni ishlab chiqarish sur’atini oshiradi va natijada, bemor organizmiga betatrofin 1 yilda bir marta ukol yordamida yuborib turiladi xolos.  Endi ozingiz oylang, 1 yilda marta yoki boringki, 2 marta ukol qilish, ham arzon, ham ogriq kam, va eng asosiysi, ushbu jarayon doimiy emas, vaqtinchalik.
Ana shunaqa, Biologiya faqat osimlig-u hayvonlarni o‘rganishdan iborat fan emas, Biologiya Hayot haqidagi fan.

P.S: Yuqoridagi faqat mening qarashlarim. Mulohazalarim.

Dilnavoz Berdiyeva Toshkan qizi

8 comments:

  1. Avvalo, biokimyodek muhim ish bilan shug'ullanayotganingizni olqishlayman. Lekin mutaxassisligingiz tor bo'lgani uchun, evolutsiya haqida yanglish fikrda ekansiz, degan xulosaga keldim. Kreatsionizmga berilibsiz. Kreatsionizm xatolari haqida bu yerda bahs ketgan: http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=6256.15

    ReplyDelete
  2. Ўз соҳасини севувчи инсорлар ҳар доим ва ҳамма жойда хурматга лойиқ

    ReplyDelete
  3. Shrimp Tycoon , e'tibor uchun rahmat. Evolyutsiya haqida deyarli barcha ingliz, o'zbek, ispan tilidagi ma'lumotlarni o'qib chiqqanim holda fikrimni o'zgartirmayman. Hammani o'z dunyoqarashi bor. Omon bo'ling.

    ReplyDelete
  4. Biolog bo'lsangiz ham yozuvchilikka bemalol da'vo qlilishingiz mumkin ekan. Qiziq yozilgan!

    ReplyDelete
  5. Har kimni o'zi fikri borligi aniq, lekin ilm-fanda FAKT degan narsalar bor. Siz uchun Afsuski biologik va arheologik FAKTLAR sizni zararingizga ishlaydi.
    Lekin gapingiz to'g'ri, bu sizni fikringiz va bu sizni 15 tagacha ham yetmagan maqolangiz yozilgan, torgina blogingiz. Shu bilan o'zingizni bahtli his qilsangiz man ham siz uchun xursandman. Ilm-Fan esa sizdaylarni hurish holatida qoldirib olg'a davom etadi.

    ReplyDelete