Thursday, 20 February 2014

Ismsiz tuyg'ular...


Ismsiz tuyg‘ular bo‘ladi…
Nominida bilmaysiz kishi goho: uyatmi?! ,  Andishami?! … Yoxud…

Yoningizda turgan dugonangiz yoki suhbatdoshingiz yolg'on gapiryabdi, sezyabsiz… lekin oxirigacha eshitasiz, “Hm” deb tasdiqlab qo’yasiz goho…

Andisha qilasiz… yuzidan o‘ta olmaysiz…

Kimnidir kutyabsiz…  Kutishdan ham boshqa sizni juda muhim ishlar kutyabdi… shoshyabsiz. Ammo qani o‘sha kutganingiz tezroq kela qolsa. Ayniqsa bu vaqtda shu boqi beg‘am telefon qilib: “bugun noqulay ob havo tufayli (yoki qandaydur vaj) borolmayman, boshqa kuni ishimni hal qilib berarsiz”  desa, tishlaringiz g‘ichirlab ketadiyu, lekin tillaringiz: “Mayli , hechqisi yo‘q” deydi…

Andisha qilasiz… Maylida… Andishaning otini qo‘rqoq ham qo‘yishadi goho…

Qo‘shnilar bilan, yoki dugonalar bilan yig‘ilgansiz… Hamma har yoqdan gapiryabdi. Asosiy gaplar : “debdi”, “bo‘libdi”, “keyinchi”… Qiziqib eshitasiz, goho qo‘shilib ham qolasiz gaplarga… Ichingizda kimdir, aqlmi, yurakmi, vijdonmi  “Birovni g‘iybat qilish o‘sha odamni go‘shtini yegan bilan barobar”,  “G‘iybat uchun savoblaring bilan  hisob to‘laysan” deyayotganligini sezasiz. Darrov oqlab olasiz o‘zingizni:  “G‘iybat qilmang, Gapirmang, qo‘ying” deyolmaymanu "Xafa bo'ladi" deb…

Andisha qilasiz… Yoki… Yomon ko‘rib qolishlaridan qo‘rqasiz… Bir kursdoshim : “O‘zbekning andishasi o‘ziga dushman”deydi doim…

“Kerakmanmi?” degan savolga, yuragingiz aytgan: “Keragidan ortiq keraksiz” degan javobni berishga ichingizdagi  nimadir(andisha, uyat, hayo), yoki boshingizdagi aqlmi “indama , jim” deb yo‘l qo’ymaydi…
Uyalasiz… Andisha qilasiz…

Andishaning borligi naqadar yaxshi…

Uyatning narxi osmonlarga teng…

Hayoning bahosi tengsiz…


P.S: rasm qo'ymoqchi edim... Hayoni ifodalaydigan rasm topa olmadim... Andishaning rangi o'xshaydigan rang topa olmadim... Uyatni anglatadigan chizgilar topa olmadim... Ha, aslo topolmayman ham...Ularning chizgisi, rangi, tuzilishi yo'q... Ularni makoni aniq xolos! Ularning makoni - Qalb...

No comments:

Post a Comment