Saturday 27 July 2013


Tun… Ba’zan kitob o’qishdan ham toliqadi odam…yoki faqat man shundayman….Nimalarnidir yozgim keladi… Boshqalarni bilmadimu man o’zim yozgan she’rlarni qayta qayta o’qigim keladi… Har qancha qilsa ham she’r – qalbdan chiqadida… bugun hamma narsa haqida yozgim kelayabdi: Qosimov, Abramov,Nasaf,Sho’rtan,Barcelona, Vilanova va hokazo… Har safar shhunday desam yaqinlarim: “blogingizda faqat osmoniy mavzular yoritiladi,osmoniy hislar muhabbat haqida hech she’ringiz yo’qmi?!” deyishadi… Fikrimcha hech bir shoir yoxud shoira yo’qki muhabbatni tarannum etmagan bo’lsa… Man ham yozganman… va ular faqat qog’ozlarda qolib ketdi…bir xotira yanglig’…
         Muhabbat haqida bir dugonamni holatidan kelib chiqib she’r yozgandim... Yaxshi,fayzli,axloqli bir dugonam bor. Har doim kulib turardi, yomonlikni bilmas, hech qachon darslardan qochmas edi hatto... Sinfda darsdan qochgan, sirpanchiq uchib qo’l oyog’inichiqarib olmagan o’quvchiyo’q edi! Yo’q bor edi faqat o’sha dugonam! Bizni sinfdan bir sinf yuqori sinfda o’qiydigan bola bilan bir birlariga mehr qo’yishgan edi,hamma havas qilardi... 7-sinfni bitirganimdan keyin Dadam maktab internatga joylashtirdilar, shu bilan maktabdagi sinfdoshlarim juda kam ko’rishadigan bo’ldim...11-sinfni bitirganimizda hammamiz yig’ildik. Hamma xursand, hammani labida tabassum o’ynardi...Lekin negadir u juda g’amgin edi... man boshqalarga nisbatan unga eng yaqinroq edim... Uni xafaligi sababini bildim, mehr qo’ygan insonining to’yi bo’layotgan ekan... dugonamni so’zlari quloqlarim ostida hanuz jaranglaydi: “O’tli ishqim baxtini kuydirsin”...
         Uyga qaytdim hamki uning mayus chehrasi va so’zlarini unutolmadim,tabiatan ta’sirchan insonman...so’zlarini she’r qilib yozgim keldi... yozdim ham... Bilasizmi man ayriliq, hijron,xiyonat va shunga o’xshash mavzularda hech she’r yozgim kelmaydi... chunki qayerdadir eshitgandim; “She’rlar taqdirga aylanishi mumkin...”
          Xiyonat! Dunyoda men nafratlanadigan yagona so’z... Menga vafoli odamlar yoqadi... Vafoda gap ko’p... O’ylashimcha inson avvalo bandalikka xiyonat qilmasligi kerak!Bandalikka vafo qilishi kerak... Vafosizlik insonni beqaror qilib qo’yadi...Bandalikka, Vatanga, Dos’tga, Yorga, O’zlikka sadoqatli odamlar bor! Ular faqat va faqat ardoqlanishga loyiq! Jamiyatimizda xiyonat mavzusi ko’p uchrayabdi... Yaqinda Kun.uz saytida o’qishimcha statistikaga qaraganda ayollar xiyonati ko’paygan ekan... Mani o’ylashimcha baribir hech qaysi yurt vakillari, bizlardek, biz o’zbek ayollaridek vafoli bo’la olmaydi! Har qancha qilsa ham qaytmas bo’lib ketgan yorini yillar, umrini oxiriga, vafotiga qadar kutib o’tgan momolarimizni qizlarimizda bizlar...
         Vafoli odamlar orasida yashagim keladi... Chunki vafoli odam yolg’on so’zlamaydi..munofiqlik qilmaydi...
         Ha darvoqe, aslida Dugonamni nomidan yozilgan she’rni blogimga joylayman degandim...yana chalg’ib ketdim...
         Bugun...

B U G U N
Bugun borar manzil ayro-ayrodir
Bu ishq asli boshimdagi katta balodir
Hijronning dastidan ko’ngil yarodir
Yuragimda o’t bo’lib yonar Muhabbat
        Bugun dil uyini bezagan armon
        Zo’r mashshoq qo’lida uzilgan torman
        Ne qilay yor ishqi qalbimda har on
        Yuragimda o’t bo’lib yonar Muhabbat
Bugun ko’zlarim ham makon g’amlarga
Meni shunday suyib siyladi qismat
Joniga jonimni berganim uchun
O’t bo’lib yondirar o’tli Muhabbat
        Bugun hajr sahrosi bag’rini ochgan
        Visolning yuzini qoplagan zulmat
        Sevgim qarog’imda yosh bo’lib qotgan
        Yuragimda o’t bo’lib yonar Muhabbat
Bugun xotiralar tig’laydi dilim
Orzular yurtida sokin sukunat
Men azal shartiga indamay ko’ndim
Hamon yondirmoqda meni Muhabbat
        Bugun yor-yor yangrar sevgim uyida
        Kelinning yuziga yopilgan chimmat
        Baxtsizlik tiladim unga to’yida
        Baxtini kuydirsin o’tli Muhabbat


P.S: O’ylashimcha mehr inoyat… haqiqiy mehr qo’ygan inson mehr qo’yganlariga yomonlik istamaydi.Har holda man istamasdim..Zotan hamma narsada chegara bor: hurmatda,rashkda vahokazolarda…Ammo mehrda sarhad yo’q! Mehr chegara bilmaydi..Mehr ko’chasi oxirsiz…she’rni oxiri Meni emas dugonamni so’zlari bilan tugallangan…
She’rda she’riy xatolar mavjudligini bilaman. lekin baribir joyladim :)



Dilnavoz Berdiyeva Toshkan qizi