Monday, 8 April 2013





"Amir Temur-bizning sha'n-shavkatimiz,g`urur iftixorimizdir.
 Amir Temur -xalqimiz dahosining timsoli,
ma'naviy qudratimiz ramzidir".
Islom Abdug’aniyevich Karimov.



Buyuk Sohibqiron! Amir Temur ! Bilaman , men yozuvchi yoxud tarixchi emasmanki go’zal satrlar ila Buyuk Sohibqironni madh etolsam?! Yaxshi inson, kuchli iroda sohibi, Olim, davlat arbobi - Sohibqiron haqlarida yozish ham ma’suliyatli , shu bilan birga sharafli hamdir…
Ma’suliyatli deganim buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me'mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson haqlarida yozish shunday ma’suliyatliki qalbimda bir qo’rqinch – mening bor so’z boyligim ham  Amir Temur sifatlarini ifodalab bera olmaydi!  Va shu bilan birga Sohibqirondek ulug’  zotning AJDODIM, BOBOM, O’ZBEK bo’lganliklari haqida yozish ko’nglimni faxr - iftixorga to’ldiradi.
  Yozishga qaror qildim, men shoira , tarixchi emasman shu bois dilimdagi mehrni , miyamda aylanayotgan ba’zi fikrlarni bayon qilsam aybga buyurmaysiz…
         Avvalo,  yaqinda ustozim bilan bo’lib o’tgan bahslashuv haqida ozgina yozmoqchiman. Ustozim “Men bosqinchilarni yomon ko’raman, Amir Temur ham bosqinchi dedilar”, bilasizmi ba’zan shunday holatlar b o’ladiki yuragingizdagi so’zlarni ifodalab berolmaysiz, isbotlab, tushuntirib berolmaysiz… Men Amir Temur shaxsi haqida bu fikrni qanchalik noto’g’ri ekaligini isbotlashimga qaramay, ular fikrlarini o’zgartirmadilar. Mayli har kim o’z fikrini bayon etish va fikrida qolish huquqiga eka. Shu bois ham yozmoqchi bo’lganim – Amir Temur bosqinchi emas… bu fikrni isboti kerak bo’lsa Sohibqiron o’z qo’liga olgan davlatlari va ularning tarixiga nazar solaylik, U qaysi davlatni o’z qo’l ostiga olgan bo’lsa hammasi ezgulik maqsadida, ya’ni o’sha davlatlar Sohibqiron Temurdan oldin ZOLIMlar qo’lida bo’lgan, aholisiga qul sifatida muomala qilingan. Aytishimiz joziki Amir Temurga bu o’rinda bosqinchi emas, qutqaruvchi Sarkarda nomi bilan atash to’g’riroq.  Amir Temur ko‘p yillar davomida mustamlaka bo‘lib, chet ellik hukmdorlarga bo‘ysunib kelgan Movarounnahr va Xurosonda o‘z yurti, xalqining kuch-qudratiga tayangan mustaqil va yagona davlat barpo eta odldi; Amir Temur ham o‘z davriga xos bo‘lgan turli sabablarga binoan boshqa mamlakatlarga yurishlar qildi va Ovro‘po mamlakatlarining rivojlanishini tezlashishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Rossiyani Oltin O'rda zulmidan, Ovro‘poni Turkiya tajavvuzidan saqlab qoldi; Amir Temur o‘z siyosatida madaniyat, obodonchilik, hunarmandchilik homiysi bo‘lib tanildi. O'z siyosati bilan madaniy yuksalishga va turkiy tilning rivojiga keng yo‘l ochib, nafaqat Markaziy Osiyoning madaniy-ma'naviy olamida, balki butun musulmon olami tarixida o‘chmas iz qoldirdi va so‘nggi rivojlanishiga katta ta'sir ko‘rsatdi”.
         Yana nimalar desam ekan, yo’q! Man bu shaxs to’g’risida dilimdagilani aniq ifodalab bera olmayman, ayta oladiganim Sohibqiron Amir Temurni yaxshi ko’raman...Sharofiddin Ali Yazdiy hazratlarini “Temurnoma” asarlarini o’qishni tavsiya etaman... 

Dilnavoz Berdiyeva Toshkan qizi...




No comments:

Post a Comment