Monday, 17 June 2013


Shukrona...
Shu kunlarda juda ko'p kuzatdim, odamlarni, hayotni, o'zimni o'z tafakkurimcha, o'z anglaganimcha... hayollar sokin, yuzlarda tashvish, noshukrlik... Savol berib ko'rdim o'zimga : Baxt nima? Ikki oyog'im but, hohlagan manzilimga bora olaman, zaminni his qilaman oyoqlarim bilan, Otamni sog'insam, onamga mushtoq bo'lsam borib qo'llarini ko'zimga surta olaman.... Qo'llarim but, barmoqlarim bilan dildagi nafis hislarimni qog'ozga joylayman, birovga muhtoj emasman... Ko'zlar, qaroqlar.... ularning naqadar g'animatligini bilasizmi do'stlar... Hayotning jiloli ranglarda ko'rish.. Sevgan insonlaringiz yuzlarini ko'ra olish, Onangizning minnatdor nigohlarini ko'ra olish, Otangizning umridan rozi boqishlari, erkalashlarini ko'ra olish... Oq oralagan bo'lsada sochlariga termulish,ajinlar soya solgan bo'lsada nurli yuzlarini ko'rish, mehrli nigohlarni his qilish,ukangizni beg'ubor qaroqlariga termulish, qorni, bahorni, gullarni, toshlarni, daryoyu debgizlarni, ulakan azim tog;larni, qushlarni, ne'matlarni ko'rish BAXT! tasavvur qilib ko'ring zulmatni?! yo'q, yo'q hatto tassavur ham qilmang..faqat shukr qilaylik, bizga shunday ne'matlar nasib ayladi, axir bu nematlardan bebahra insonlar qancha... Insonmiz! yurak urib turibdi, ko'zlar shu lahzada ko'rayabdi, qo'l oyoqlar mustahkam, gapira olamiz, iforlardan bahra ola olamiz,his qila olamiz hammasi BAXT....
Hayotimiz tinch... Yurtimiz tinch, Vatnimiz obod! shukrki tabiat ham biz uchun faqat yaxshilikka xizmat qilmoqda, shamol, qor, yomg;ir, quyosh hammasi o'z ehtiyojimizcha... Hammasi uchun shukr... Ko'zlar yorug' olamni bir marta bo'lsa ham ko'rgani uchun shukr...
Shukrona….

Bugun ko’zlarimiz baxtdan shodumon
Yurakda ham yo’qdur havotir gumon
Endi asriy orzular bo’lmagay armon
Boshimiz sarbaland shukr qilaylik…

Oyoqlar zaminda yurolgani chun
Mujgonlar olamni ko’rolgani chun
Qalblar to’xtamasdan urolgani chun
Bariga do’stlarim shukr qilaylik…

Kimgadir orzumiz kim uchun hijron
Muhimi kerakmiz kimgadir har on
Axir yo’limizga kimdir nigoron
Sevilmoq baxti chun shukr qilaylik…


Quyoshning taftidek qaynoq yurak bor
Ayriliq dardiga malhamdir diydor
Axir albat yana qayta kelarku bahor
Umidning bori chun shukr qilaylik…

Dardlar yig’latsa gar chektirib alam
Ko’zlarga qorong’u tuyulsa olam
Alloh suyganiga beradi deb g’am
Sabrlar so’rabon shukr qilaylik…

Yurt Koriga yaray deya intilamiz
O’zbekman deb faxr bilan gapiramiz
Qayda bo’lmay vatan tomon talpinamiz
Sog’inchning boriga shukr qilaylik…

Berdiyeva Dilnavoz Toshkan qizi
(p.s: ushbu yozilganlar ko'chirilsa ,iltimos muallif nomi bilan ko'chirilsin! she'r, so'z ko'ngil mulkidir)

No comments:

Post a Comment