Yuragimga yuragimdan yaqin
odamlar…
Buncha ham hayot
go’zal yaxshi odamlar bilan?! Yashash
qanchalar totligini his qilaman ularga qarab…
Sizga qarab
turgan nigohlarda soflik, samimiylik, yaxshilik, mehr ko’rishning zavqi
boshqachada…
Otajonim
bunchalar buyuk qalbni qaydan olgansiz?!
Onajonim hadsiz mehringiz borligi bois dunyo ko'zlarimga jiloli ko'rinadi...
Ukalarim
qanotlarim! Manaman degan burgut mandek parvoz qila olmaydi, ularni sizdek
ukalari yo’qda…
Qo’shnilarim ,negaa
bunaqa yaxshisizlar a?! bu yerdan boshqa
yoqqa ketishga ko’zi qiymaydiya odamni…
Ilmlari ziyoda
bo’lgur Ustozlarim bunchalar jonkuyarlik bilan ilm o’rgatasizlar…
Shunaqangi
yaxshi qizlar dugonalarimki, farishtalarga o’xshashadiya…
Buvijonim… kecha
juda qo’rqdim… qadoq qo’llaringiz bilan sochimni o’rib qo’yishingiz qayta nasib etmaydi deb
juda qo’rqdim… shukr…
Ranjitsam ham mehrli nigoh bilan qaraydiganlar, ko’ngil
uzmaydiganlar… odamzotda shunchalik Katta Yurak bo’lishi mumkinmi?!
Qiziq a…
twitterda ham shunaqangi yaxshi odamlar borki, ularni o’qib havas qiladi kishi
yaxshi odam bo’lishga…
Atrofim yaxshi
odamlarga to’la… Uyalib ketaman goho, manam shu insonlar kabi yaxshi bo'la olar ekanmi?! Arzirmikanman?! Bunchalik mehrga muhabbatga?!
Behisob shukr…
Borliklarimgiz
uchun rahmat yaxshi odamlar,,
Bu yorug’ olamda
yaxshiyam SIZ – Yuragimga yuragimdan yaqin odamlar bor…
Yuragimga yaqinlarim…
Qalbimda sizni deb baxtlar kuylaydi
Sizsiz dilim quvonchnida bilmaydi
Ko’zlarim hech diydorlarga to’ymaydi
Yuragimga yuragimdan yaqin odamlar…
Siz sabab dunyoni tanidim asli
Hayotga tashladim bardam
qadamlar
Siz bois qaddim tik qadrimda
baland
Yuragimga yuragimdan yaqin
odamlar…
Sog’inch sahrosida hayotman siz bor
Oqibat gullari ko’karar siz bor
Siz borsiz dilimda armonga ne bor
Yuragimga yuragimdan yaqin odamlar…
Qalbim o’rtayolmas hech qanday qayg’u
Sizni ko’rsam dilimda barq
urar kulgu
BorliginGiz ne’mat bu buyuk
tuyg’u
Yuragimga yuragimdan yaqin
odamlar…
Mehringiz taftidan muhabbat tuydim
Dil bersam mehrimla yashnadi bog’lar
Iymon yo’llarida qo’lingiz tutdim
Yuragimga yuragimdan yaqin odamlar…
Har nafas olganda shukrona aytib
Nafs va xiyonatning
yo’lidan qaytib
Siz bois munavvar asli
olamlar
Yuragimga yuragimdan yaqin odamlar…
Dilnavoz Berdiyeva Toshkan qizi
No comments:
Post a Comment