Thursday, 6 March 2014


Qaysidir kinoda “men jinniman” deydiyu…
O'zimga tushunmayman, manga futbol ko'rib muxlislik qilib nima zarur a?! Faqat vaqt yo'qotganim qolyabdi..
Mana mani hozir judayam ko‘p ish kutayotgan: Buffer tayyorlashim , domlamga sovg’a olib kelishim, maqolamni Kim.texnologiya Institutiga olib borishim, IELTS writing task 1 uchun essay yozishim, parafrazalar yodlashim, diplomimni adabiyotlar sharhini tugatishim kerak bo’lgan ayni lahzada men Vadim Abramov va Lokomotiv haqida o‘ylab o‘tiribman… 
Vadim Abramov, Menga haqiqiy MTJimiz qanchalik yaxshi o‘ynay olishini isbotlay olgan odam…
Vadim Abramov MTJimizdan G‘alaba kutishni o‘rgatgan odam… Yodimda 2011-yilda Ispaniyada edim, MTJimizni qaysidir(hozir eslolmadim, umuman eslashga harakat qilgim kelmayabdi) g‘alabasidan keyin KampNau bo‘ylab madhiyamizni aytganimiz yodimda..

Har o‘yindan oldin G‘alabaga umiddan ham ko‘proq ishonch bo‘lardi… Hozir esa… Yo‘q hozir haqida eslagim, gapirgim yo‘q.
Bugun Abramov boshchiligida Lokomotiv futbol klubi o‘ynaydi…
Aslida chin dildan Nasafga muxlislik qilaman va shunday bo‘lib qolajak. Ro‘ziqul Berdiyevni O‘zbekistonning eng jonkuyar, eng yaxshi murabbiylardan biriligini doim e’tirof etaman…
Lekin negadir, Abramov Lokomativga murabbiylik qilishidan xafa bo‘lib ketyabman. Bu Futbol rashkimikin?! Balki , endi Lokomativni yomon ko‘ra olmasligimdan xafa bo‘lib ketyotgandurman.
 Nahotki bugun Lokomativga muxlislik qilsam?! Nahotki?!
Ha, Millat Komandasi yomon ko‘rilmaydi, lekin darajalarga bo‘lib yaxshi ko‘rsa bo‘ladi… Man uchun Oliy ligada eng Sevimli Klubim Nasafligicha qolaveradi. 2-o‘rinda Xalq Jamoasi – Paxtakor, va agar Abramov Lokomativni boshqarishda davom etsala 3-o‘rinda Lokomativni yaxshi ko‘raman.
Lekin ich ichimdan negadir Abramov Paxtakorni boshqarishlarini xohlaganim rost…
Yaxshi ko‘rishimni eng oxirgi o‘rinida esa Bunyodkor o‘z o‘rnini hech qaysi klubga bo‘shatib bermoqchi emas. Bunyodkor futbol klubini yomon ko‘raman deya olmayman, har ne bo‘lsayam millat jamoasida. Lekin yaxshi ko‘raman deyish uchun nimadir, KIMdir halal beradida…
Shularni yozarkanman, dilimdan bir gap o‘tdi “Men Baribiram Nasafni chimpion bo‘lishini istayveraman”.
Mayli, nima bo‘lsa bo‘ldi endi… Shu bugun Lokomotivga muxlislik qilaman. Abramov uchun.
Lokomotiv jamoasi bugun rizqingiz G‘alaba  bo‘lsin.
Men Abramovchiman…

2 comments:

  1. Ажойб))
    Аёл киши футбол ишқибози болмаса, бу даражада ёза олмас эди))
    Блогингизда нима хақида ёзишни халибери аниқ танламаган экансиз, маслахатиб футбол хақида постларни ёзишда давом этинг бу жуда хам ноодатий болади, ва жуда копчиликни кизиктирса керак. Яна озингиз биласиз ишларингизда омад,

    ReplyDelete
    Replies
    1. Fikr va e'tirof uchun rahmat, albatta blogimda futbol, Barcelona va Nasaf haqida hali ko'p yozsam kerak:)

      Delete