Erkinlik - bu yolg'on gapirmaslik huquqidir.
Hayotning buyuk savoli odamlar orasida qanday
yashash.
Kamdan-kam odam san'atni anglashga qodir.
Yozish- minnatsiz yumush demakdir.
Menda shunday tuyg'u borki göyo men bir maromda
tubanlikdan kötarilayotgandekman.
Har qanday insonni hayotida buyuk tuyg'ular
kam,mayda hislar köp böladi. (Albert Kamyu kundaligidan)
“Erkinlik - bu yolg'on gapirmaslik huquqidir. “
Bu jumlani mohiyatiga yetishim uchun – erkinlikni
rost gapirish uchun eng zo’r imkonligini anglashim kerak bo’lgan ekan. Bu
so’zni anglashim uchun kimdir yolg’on gapirishimni istashi kerak ekan va
kimnindir istagi, yuz xotiri uchun yolg’on gapirishga majbur bo’lishim kerak
ekan. Yomon odamni yaxshi deyish oson – man uchun. Chunki hadislarda,
“Birodaringiz haqida yaxshi gumonda bo’ling” deyilgan… Ammo “yaxshi odamni
yomon odam de” desalar, va u aytgan odam sizdan o’tinib so’rasa, haqiqatni
yashir desa, hazm qilish qiyin bo’lar ekan. Sizni yolg’on gapirishingizni,
yolg’on gapira olishingiz tasavvur qila olishlari bu dahshat! Ha, dahshat!
Men magistrga bilimim bilan kirdim deb xursand
bo’lsangu ayrimlar kinoya bilan qarasa “Bilim bilan kirib bo’larkanmi” deyishsa,
o’qlov bilan boshiga solgingiz kelar ekan. Axir, sizga ishonchla boquvchi
ko’zlarga o’rganib qolganingizdan keyin , og’ir botar ekanda bu nigohlar. “Haqiqat yo’q “ deb jar solayotganlarning
o’zlari emasmi haqiqatni oyoqlarini kishanlayotgan! Maylimi gapirsam, Maylimi
ROST gapirsam?! Erkinlik – baxt! Erkinlik – ne’mat! Erkinlik – rost gapirish,
rost gapira olish huquqi!
“Hayotning buyuk savoli - odamlar orasida qanday
yashash.”
Odamlar
orasida qanday yashash kerak? O’rgating menga shuni. Dillarni og’ritmay
yashashni o’rgating menga ham. Kimdir biladimi? Kimdir qaysidir yo’lni
ko’rsatadimi? Qanday yashash mumkin o’zi - o’zdan xotirjam bo’lish uchun?!
Jamiyat turfa odamlarga to’la: Tavfiqli, rostgo’y, mehribon , qahri qattiq,
mard, nomard, yolg’onchi, paxtachi, samimiy- hammalarini dilini og’ritmaslik
uchun qanday yashash kerak o’zi?! Ha, bu hayotning buyuk savoli… Hameleon
bo’libmi?!
Yo’q yaxshisi o’rgatmang, o’rganmayin. O’zimcha
yashay. Hay mayli hamma rozi bo’lmasa bo’lmas. Boshqacha bo’lish qo’limdan
kelmaydi.
“Kamdan-kam odam san'atni anglashga qodir”
Ha… Xuddi shunday. Lekin men hayosizlikni san’at deb
bilmayman. Yelkalari ochiq “Milliy madaniyat”imizni nomoyon qilishga “xizmat”
qilayotganlarni tushunishga aqlim yetmaydi. Ularni tushunishni xohlamayman. Tohir Malik aytganlaridek: "Hayosizlik bu san'at emas". Tohir Malik o'zlarining asarlarida hayoning mohiyatini tushuntirar ekanlar "O'tgan kunlar"dagi Kumush va Anna Karenenadagi Anna ni solishtiradi. O'qigandirsiz ikki asarni ham a? Kumushning o'limi yodingizdami? Qanday go'zal o'ladi u! Anna Karenenaning qayerlarda qolgan jasadi haqida o'qigandursiz? ... hayo va hayosizlik orasidagi qadamlar bu...
Askiyalar haqida ham ikki og'iz to'xtalib o'tsam, Umrimda bir marta Million degan millionchilarni konsertini adashmasam 30 foizini ko'rdim! Hayf! San;at degan nom xayf! San'at odamni quvontirishi, qalbni sokinlashtirishi, miyani quvvatlantirishi, dam oldirishi kerak emasmi?! Agar millionchilar san'at ko'rsatgan bo'lsa haqiqatda men san'atni tushunmas ekanman. Xohlamayman ham tushunishni. Kulgu, askiya zo'r janr. Abdulla Qodiriyning hajviyalarini eslaysizmi? Nahotki hajv bu behayolik bo'lsa, nahot Qodiriylar rostdan ham endi tug'ilmasa. Nahot, kelajakda farzandlarimizni har qadamda hayosizlikdan himoya qilsak. Bu ketishda kelajak avlod san'at deganda sharmsizlikni tushunib qoladiku! Bu ketishdakelajak avlod San'atdan jirkanib o'sadiku. Yoki aksincha botqoqqa o'zi ham botadi.
Askiyalar haqida ham ikki og'iz to'xtalib o'tsam, Umrimda bir marta Million degan millionchilarni konsertini adashmasam 30 foizini ko'rdim! Hayf! San;at degan nom xayf! San'at odamni quvontirishi, qalbni sokinlashtirishi, miyani quvvatlantirishi, dam oldirishi kerak emasmi?! Agar millionchilar san'at ko'rsatgan bo'lsa haqiqatda men san'atni tushunmas ekanman. Xohlamayman ham tushunishni. Kulgu, askiya zo'r janr. Abdulla Qodiriyning hajviyalarini eslaysizmi? Nahotki hajv bu behayolik bo'lsa, nahot Qodiriylar rostdan ham endi tug'ilmasa. Nahot, kelajakda farzandlarimizni har qadamda hayosizlikdan himoya qilsak. Bu ketishda kelajak avlod san'at deganda sharmsizlikni tushunib qoladiku! Bu ketishdakelajak avlod San'atdan jirkanib o'sadiku. Yoki aksincha botqoqqa o'zi ham botadi.
Menga tasviriy san’at yoqadi. Qachondan
bilmadim. Har holda, Skverdagi rasmlarga
uzoq tikilib qolaman. Yaxshi ko’raman ularni tomosha qilishni , balki bunga
rasmlardagi tabiiylik sababdir…
Baribir negadur, oxirgi paytlada qo’shiq san’atini
anglolmayabman.
“Yozish- minnatsiz yumush demakdir.”
Yozish juda yoqimli ish. Har holda manga shunday.
Bekor qoldimmi yozaman – she’rmi yoki nimaladur va yoki kundaligimga o’qigan
kitoblarim haqida…
Yozish minnatsiz ish. Vaqtingiz ketadi – ammo iz
qoladi. Masalan xotiralar. Yoki, “dardingizni kimgadir ochib sochish” uchun
odam topolmayotgan vaqtingiz yozish juda yoqimlida. Eng muhimi
yozayotganingizda odamlarni joniga tegmaysiz. Dardni aytgandan yozgan
ma’qulroq. Quvonchni esa baralla aytish kerak, lekin eslab turish uchun
kundalik sahifalariga quvonchli kunlar uchun ham joy ajratsak bo’ladi. Faqat –
umrimiz yozish bilan o’tib ketmasin:)
“Har qanday insonni hayotida buyuk tuyg'ular
kam,mayda hislar köp böladi.”
Hoy, o’qiyabsizmi, eshityabsizmi?! Mayda hislar deb
e’tibor qaratmayotganingiz buyuk tuyg’udir ehtimol?! Mayda hislar bilan qolib
ketmang, bu sizga yarashmaydi. Bizga, hech kimga yarashmaydi . Jim qolmang,
kichik kichik sukutlar bir kun kelib
portlashlarga albatta olib keladi. Uning ortida esa Buyuk yo’qotishlar turibdi…
Anglaganda esa kech… Hay mayli… faqat… Mayda hislar bilan yashashga o’rganib
qolmang…
Bundoq o'ylab qarasam, Kamyu bilan kudaligimizdagi bitiklar o'xshab ketarkan...
қўзғалма, чунки чиқавериш топиш мумкин асло ситуации ҳар қандай билан. Мен синаб кўришга посоветовал бошлаш ставки қилиш спортига, агар бўлиш бехатороқ, тавсия қиламан айни ушбу сайт онлайн боқиш саҳифа га которомига мен матчи боқаман ва бунинг қиламан спортига ставки, чунки бу, бугунги кунига − энг бинойн из бинойнларнинг.
ReplyDelete