Ona haqidagi she'rlarni juda ko'p o'qiganman.. Yod olgan she'rlarimni ham aksariyat qismi Onalar haqida..
Bugun dugonam Madinaning Ona haqida yozgan she'rlarini o'qib yig'lagim keldi... Ming yillar bo'lgandi she'r o'qib yig'lamaganimga...
Onamga...
Madinabonu Xonnazarova Abduqahhor qizi.
EY DAHR,
Qo’llaring olgin
ko'zimdan
Hamda yo’llarimga
qo’ymagin tuzoq
O’kinchim
sendandur balki o’zimdan
Qalbim bu
isyonni kutgandi uzoq.
Mening ko’zlarimla
onamga bir boq…
Tim qora
sochlarin oqqa bo’yab kim
Kim chizdi ro’yiga
armonlar saslar
Titroq vujudini
quchganimcha jim
O’ylayman,
belini bukdi qay kaslar.
Yo’q, yo’q o’zga
emas, u kas mendurman
Bahorin xazonga
aylagan inom
Qaro tunlararo
qaro tundirman
Zam zam deb og’uga
to’ldirilgan jom…
Xo’sh nechun men
uchun oqshoming bedor
Tonglarni
bemajol kutding kutding onajon
Iqbolim deb
kezding, poying to’la xor
Joningdan
parchadir tanamdagi jon…
Dunyo qaydan bo’ldim
oshiq vaslinga
Butkul unitbman
iymonni o’zni
Adashdim ,
aldandim sening kasringa
Nafsimga
alishdim, jannati yuzni.
Nimangni
sevdim-a axir bu qadar
Bisoting ro’yoyu
sarob aslida
Barcha ko’chalaring
kezdim darbadar
Balki nihoyamni
topmoq qasdida
Qaydan..bilolmadim,
bilolmasman ham
Axir bilolmayin
o’tdi Suqrotlar
Topolmayin o’tdi
Sino, Luqmon ham
Seni mayga qo’shib
ichgan Hayyomlar.
Mag’rur bo’l,
zafar yana seniki
Garchi ro’yolarda
g’olibsan bugun
Yo’qotilgan
oylar, yillar meniki
Lek bag’rim
ezadi yolg’iz bir tugun
Onamni ro’yoga
alishdimmi men?!
Kelgin qo’llaringdan
tutay onajon
Quvonchdan
quyoshdek porlasin ko’zing
Kunlari
hamrohing bo’lay mehribon
Kuzatay tunlari
to’lin oy yuzing…
Ista qolgan
umrim baxsh etay senga
Hok bo’lay
poyingda qiblamsan arzir
Bir baxtiyor kluging
yetadi menga
Xizmatingda bo’lay,
bu Haqdan farzdir…
No comments:
Post a Comment