Yozgim
kelyabdi onam haqida… bugun har kungidan boshqacharoq sog’inganim uchundir
balki… Balki ulg’aya brogan sari odam insonlarni qadriga ko’p va xo’p yetib borarmikin,
bilmadim. Dunyoda hamma onalar yaxshi… hamma hammasi… Qiziq , onalarni hayot
bardoshli qilib qo’yarmikan yoki fitratan onalar sabrga haykalmikinlar a?!
Onam men
bilgan onalarning ichida eng ko’p yaxshisi..Albatta har bir farzand shunday o’ylaydi,
jumladan men ham… Onam – birinchi o’qituvchim:
o’qishda, oshxonada, etikada, estikada; do’stim, maslahatgo’yim, tanqidchim,
sirdoshim… Hayotimda mavjud bo’lgan hamma statuslarda ayam borlar…
Jonkuyar
ona, munisa rafiqa, soliha farzand, ilmli boshliq, QARINDOSH…
Jonkuyar ona. Ayam juda mehribonliklari bilan bir qatorda
juda qattiqqo’l ustozlar har sohada, ayniqsa menga. Ovqat qilishimdan tortib ,
kiyinishim, salomlashishimgacha hamma hammasini ayam o’rgatganlar. Yozishni, o’qishni
ham. Doim kulib: “sanga “2”ni va ‘I” ni yozishni o’rgatguncha tushgan sochimga
oq” deydilar. Juda sabrsiz qiz edimmi bilmayman, har holda soatlab gazxonada
zuvala olishga ichim qizib ketardi. Ayam oshxonani qulflab o’rgatardilar))
Doim, “Odamlarni qizlari nonlani yopib tashlaydi,
san non mushlasang qo’ling xamirga botmaydi” deb tanbeh berganlari bergan,
haligacha qo’lim xamirga botmaydi))… Ovqat qilgunimcha , bor istedodimni ishga
solib, qozonni ovozini chiqarmaslikka harakat qilaman, lekin, kapkir ham ,
qozon ham temir bo’lgandan keyin –ula bir biriga urilsa ovoz chiqadida baribir.
Ayam shunday paytlarda: “Qiz bolaning nazokati, didi, haqiqiy oshpazligi
qozonni ovozini chiqarmay ovqat qilganda bilinadi” deydilar… haqiqatda ayam
ovqat qilsalar hech qachon eshitmaganman qozonning ovozini…
Har kuni ko’chaga
chiqishdan avval jonkuyarimni: “Dilnavoz, soliha bo’lgin, senga qarab bizga
baho beradilar, senga qarab ikki dunyoda obro’ga ega bo’lamiz yoki obro’sizlanamiz,2
yoki 3 ta qizimiz yo’qki bittasi yaxshi
bo’lmasa, ikkinchisi yaxshi bo’lar desak, Maksimal darajada yaxshi bo’l” degan
so’zlari quloqlarim ostida yangraydi…
Esimni
tanibmanki, uyimizga mehmon kelmagan kun yo’q, ba’zan hazillashib “Aya
darvozamizga HOTEL deb yozib qo’yishimiz kerak” deyman… Bir kun kech soat 23
ladan oshgandi, Dadam telefon qildilar: “tayyorgarlik ko’rila, mehmon oboraman”.
Rosti kun bo’yi charchagandim, malollandim. Bu yuzimda ham aks etdi shekilli,
ayam :” Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo’lsang, Mehmoningni izzat
ikrom qil, hadis o’qi qizim ” dedilar… Necha yillar bo’ldi shu voqeaga. Shundan
buyon hech qachon ichimda ham malollanmadim… Mehmonjonlardan aylanay.
Munisa
rafiqa. Har doim menga “Nega doim hozirgi tirik odamlar ichida eng yaxshi
ko’rganim dadam deysan, onangni aytmaysan?” deb savol berishadi… Onani yaxshi
ko’rmay bo’larkanmi?! Hadsiz mehrim bor volidamga… Dadamga bo’lgan ana shu
cheksiz muhabbatni, haqlariga duo qilishni, ishdan kelganlariga kulib qarshi
olishni, kuzatguncha “O’ziga omonat” deyishni o’rgatganlari, dadamni qanchalik
bebaho insonliklarini anglatganliklari uchun ham onamni o’zgacha ardoqlayman.
Doim: “Ota onam mendan rozi ketganiga ko’nglim to’q, lekin dadangdek odamni
rozi qila olar ekanmanmi?!” deydilar… Ayam qishlog’imizdagi maktabda director bo’lib
ishlaydilar. Maktabda qo’l
ostidagilarini buyrug’iga bo’ysundiradigan mehribonimning uyda , dadamning
oldilaridagi hokisorliklari, mushfiqliklari, itoatkorliklari ularga bo’lgan hurmatimni, mehrimni osmoncha o’stirgan bo’lsa
ajab emas. Dadam ishdan kelgunlaricha ham ishga, ham ovqatga, ham uy
yumushlariga ulgurgan onani qanday Yaratgansana Qodir Egam… Ayam hech qachon
dadamning ko’ylaklarini kir mashinada yuvmaganlar, nega degan savolimga: “Dadang
ko’ylaklarini kiyganlarida qo’llarimizning, bizning mehrimizni his qilib
tursinlar” deydilar.. O’zi ulardan rozi bo’lsin… Umrlarini uzoq qilsin…
Bizlardan xursand qilsin..
Ilmli
boshliq… Ayamga bo’lgan hurmatimning, havasimning yana bir tomoni borki, ayam
biz uchun orzularidan kechmaganlar. Ham uyda beka, rafiqa, ona, maktabda o’qituvchi,
boshliq bo’lish ilmini , san’atini qoyillatgan onamga doim matonat timsoli
sifatida qaraganman. Ularning
shukronasini tinglash shunchalar zavqlikiii…Ularning xo’rsiniqsiz ovozlarini
eshitish shunchalar yoqimlikiii… Onalarga qaraganda umridan rozi boqishlarini
ko’rish, hayotdan minnatdorona nigohlariga termulish o’zgacha quvonch beradi odamga…
Ayam haqida
juda ko’pgina gaplarni yozgim kelyabdi… Ona haqida yozganda odamni gaplari
hecham tugamaydi… Erkalik qilib litseyni ovqatlarini yemaganimda har kuni ovqat
tashigan mushfiqqinam, xarxashalarimni ko’targan sabrliligim, yutuqlarimdan ko’zlariga
yosh olib sevinganim, odamlarni faqat yaxshi ko’rishga o’rgatgan osmon
qalbligim, duolarida yashatgan duogo’yim, taftlari quyoshdan issig’im, ayajonim
sizni osmoncha yaxshi ko’raman…
Doim
takrorlaydigan gapim: “Insonni uzilmas qarzlari bo’ladi… Meni shunday qarzlarim
bor : ota- onamdan”…
Qaniydi
tabiat qo'lidan kelsa,
Abadiy
etolsa sening umringni.
Roziydim
Onajon iloji bo'lsa,
Senga qo'shib
bersa mening umrimni.
Bir
kechalik allang xurmati uchun,
Bir yillik
umrimni bag'iwlasam kam.
Ko'chirsam
qalbinga qalbimning kuchin,
Qarzim
uzilmasdan qolur wunda ham.
Oralab
qolibdi sochlaringda oq,
Ol mening
sochimni qoralarini.
Tishlaring
tushibdi xo’rsinma biroq,
Ol mening
tishimni saralarini.
Xiralashib
qolibdi ko'zlaringda nur,
Ko'zim
nurlarini olgin mehribon.
Roziman
xizmating qilsam bir umr,
Yuragim qo’rini
olgin Onajon. (A.Oripov)
Berdiyeva Dilnavoz Toshkan qizi.
No comments:
Post a Comment