Bugun 12-noyabr Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da 6-O‘zbekiston
- Yaponiya akademik forumi online tarzda O‘zbekiston Milliy Universitetida O‘zMU rectori professor Sh.S.Sirojiddinov hamda Xalqaro bo‘lim boshlig‘i Rasul Rahmonov boshchiliklarida o‘tkazildi.
Ushbu forumda Yaponiyaning eng nufuzli Nagoya va Taxayashi Universitetlaridan
talabalar, doktorantlar, professorlar ishtirok etishgan bo‘lsa Toshkentning 11
ta nufuzli Universitetlaridan talabalar va magistrlar ishtirok etishdi.
Online muloqotni dastlab O‘zbekiston Universitetlari nomidan moderator
Aida Bumatova ochib berdi. Xususan, forumdan ko‘zlangan maqsad haqida so‘zlab o‘tdi.
So‘ngra Yaponiya nomidan moderator, Nagoya Universiteti professori Umida
Ashurova bu online forumdan ko‘zlangan maqsad yaxshiligiga va Xalqaro
aloqalarni yanada mustahkamlashga, talabalar orasida tajriba almashishda katta omil
bo‘lishiga umid bildirdi.
So‘ngra magistrlar,
doktarantlar so‘zga chiqib prezentatsiya shaklida o‘z Universitetlari, erishgan
yutuqlari, bajarayotgan ilmiy ishlari haqida so‘zlab berishdi. Jumladan O‘zbekiston
Milliy Universiteti iqtisod fakulteti 2-bosqich magistranti Xamrayeva Aziza O‘zMU
haqida ma;lumot berib, o‘zining yutuqlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi, U Xitoy
davlatida bir o‘quv yili mobaynida bo‘lib tajriba almashgani haqida aytib o‘tgan
bo‘lsa, Toshkent Davlat Agrar Universitetidan Nazar Rustam o‘zining
biotexnolgiya sohasida erishgan yutuqlari, gen enjenerligi asosida olinayotgan o‘simliklar
haqida to‘xtalib, O‘zbekistonda tuproq strukturasini yaxshilashga doir olib
borilayotgan islohotlarni so‘zlab o‘tdi.
Bundan tashqari Irrigatsiya va Melioratsiya Instituti magistr va professorlari
ham o‘z ilmiy ishlari haqida, Institut hamda Xalqaro aloqalari xususida to‘xtalib
o‘tdi. Jumladan, Xurshid Maxmudov so‘zga chiqib, o‘zining 7 yil mobaynida chet
elda o‘qigani va O‘zbekiston rivojiga hissa qo‘shish uchun qaytaganini so‘zlab,
Yaponiyadagi o‘zbek professor va doktorlari O‘zbekistonga qaytib, O‘zbekistonda
ilm rivoji yo‘lida hizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Yaponiyaning Nagoya Universitetida
o‘qiydigan o‘zbek magistrlaridan Madina Xusanova, Abror Yo‘ldoshev, Doston Maxmudovlar Universitet bilan batafsil
tarzda tanishtirib, ta’lim tizimi haqida to‘xtalib o‘tdilar, bajarayotgan ilmiy
ishlari va faoliyatlari to‘g‘risida so‘zlab berishdi. Nagoya Universiteti
magistranti Yui Batanami esa o‘zbeklar bilan tuzilayotgan grantlardan xursand
ekanligini, bu onlayn forumning oldiga qo‘yilgan vazifalar ikki davlat
talabalari orasidagi aloqalarni mustahkamlaydi deb fikr bildirdi. Shu jumladan,
O‘zbek olimi, professori hozirgi kunda Nagoya Universiteti professori Umida
Ashurova haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi.
Taxayashi
Universiteti doktaranti o‘zbek qizi Ozoda Hamid esa Taxayashi Universiteti ta’lim
tizimi to‘g‘risida so‘zlab o‘tib, o‘zining ilmiy ishi bo‘lgan Energiya
iqtisodiyoti haqida so‘zlab berdi. Shaxsan men uchun Ozoda Hamidning energiyani
iqtisod qilish uchun olib borayotgan ishlari yangilik bo’ldi. Va u bajarayotgan
ishlarini albatta O‘z
bekistonga qaytib davom ettirishiga va bu iqtisodiyotimiz
uchun foydalali bo‘ladi degan niyatdamiz.
Forum do‘stona
tarzda savol javoblar shaklida o‘tkazildi. Talaba va magistrlar o‘zlarini qiziqtirgan
savollarga javob olishdi.
Ushbu forum
O’zbekiston Yaponiya davlatlari talabalari, magistrlari orasida tajriba almashish
uchun mustahkam bir qadam bo’ldi deb ayta olamiz.
No comments:
Post a Comment