Aytsam tilim kuyar, aytmasam dilim.
Yozsammikin, yozmasammikin deb uzoq o‘ylab baribir yozishga qaror
qildim.
Avvalambor, hammani O‘zbekiston terma jamoasining g’alabasi bilan tabriklayman.
Juda sevindim. Chiroyli gollar va chiroyli g’alaba.
Bugun soat 17:00 lar atrofida bilet topishganini aytishganda sevinchim
ichimga sig’may ketdi. Darsim soat 18:30 da tugardi ammo bir soat oldin 17:30
da ruxsat olib ketdim. O‘zimcha xursandman, yo‘lma yo‘l “essizgina bayrog’imizni
olib kelmabmanda, unaqa qilmabmanda bunaqa qilmabmanda” deb ketdim.
Futbol boshlanishiga 10 daqiqa qolganda yetib bordim. Kirdik stadionga
aniqrog’I stadionni atrofiga. Hamma to‘planib turibdi ammo kiritishmayabdi, “nega”
desak joylar to‘la bo‘ldi kirmaysizlar deyishdi. Alamimdan yig’lavoray dedim.
Bundoq qarasam, faqat bizda emas atrofimizdagi deyarli hammada bilet bor
edi, ammo joy yo‘q. Ajabo, shunaqasiyam bo‘larkanmi? Biletga bakovul kim, kim tarqatadi bu haqida qiziqmagandim shu paytgacha, hatto qo'ldan qimmatga olsam ham. Ammo endi savollarim ko'p.
Ikkita taxminim bor.
1. Joy
sonidan ko‘p bilet chiqarilgan. Futbol biznesining zigomorf yo‘li. Agar shunday
bo‘lsa, bilet chiqarishga mas’ul odamlar shuncha odamni qarg’ishiga qoldi bu
bir. Birovning haqqini yeb baraka topgan odamni ko‘rgan emasman bu ikki. Agar
shu taxmin to‘g’ri bo‘lsa,shunday xalqni ko‘z oldida PORAXO‘RLIK
qilishayotganini ko‘ra to‘rib ko‘rmaslikka olayotganlarga uyat bu uch!
2. Ikkinchi
taxminim esa, tanish bilishchilik qilib ketishgan. Unda kimni tanishi?
Kirdirishga kimni nima haqqi bor? Koshki aniq bilsam.
Bu savollarimga hech kim javob bermaydi, atrofdagi odamlar “80 000 ga
bilet olganmiz, kirdirvoring” deb yig’lagudek bo‘lar, kimdur esa stadion
tashqarisidan bo‘ynini cho‘zib futbol ko‘rishga harakat qilar edi. Biz ketdik. Asosiy
kirish darvozasini oldida ham haqiqiy OLOMON yig’ilgandi. Bittasini gapi
yodimda qoldi: “Kapitan kirdirvoring, mayli stadiondan emas chetidan ko‘raman
Odil Axmedovni bir ko‘rib ketay”… U odamniyam qo‘lida bilet bor.
Nimaga hech kim bunga javob bermaydi? Nega bileti borlar ko‘chada qolib
ketadi? Kim javobgar bu holatga?
Avval ham futbolga ko‘p kirganman, ammo bunaqa holatni birinchi marta
kuzatishim.
Uyga kirib kelishim bilanoq Genrixni golini ko’rib yuzim yorishdi.
Gap stadiondan ko’rmaganimda emas, vaziyat juda achinarli, jumboqli,
xalqni sarson qilayotganlar kimligini bilishga qiziqish. Yoki biletlarimiz
soxtamikin J
Paddle Pad | microtouch titanium trim as seen on tv
ReplyDeleteProduct Details. titanium blade Pad - MiniTouch Titanium Trimacer - USB - Microtouch Titanium man titanium bracelet Trimacer - USB - Microtouch Titanium Trimacer - USB - Microtouch Titanium titanium sponge Trimacer titanium glasses frames - USB - Microtouch Titanium Trimacer titanium nitride coating
s364n2bgykb946 horse dildo,penis sleeves,japanese sex dolls,cheap sex toys,sex chair,vibrators,sex chair,dog dildo,sex chair k415y4atztf599
ReplyDelete