Saturday, 1 February 2014

Ko‘zlarimiz "qorong‘u" likka o‘rganib qolmasin...



Katta bolish, ulgayish ma’suliyatni oshirarkan. Chunki inson ulgaygani sari muammolar ham kopayib boradi. Yoq, aslida osha muammolarga, vaziyatlarga qarash, yondashish ozgaradi. Masalan, men uchun bolaligimda chana uchganimda faqat chana uchish zavqi eng muhim bolgan, hozir esa chana uchsam, “yiqilib tushmasmikinman, oyogim lat yemasmikin” degan hayollar boladi , natijada bolaligimdagi zavqni tuya olmayman. Aslida yiqilib tushish, jismim ogrishidan qorqmayman, umuman Jism bu nima?! Oxiri tuproqqa komiladi, tuproqqa aylanadi. Men Jonim ogrishidan qorqaman, Chunki mening jismim ogrisa ayam bilan dadamning jonlari ogriydi. Mening jonim ularning ichida. Ularni ikki dunyoda ham shod qilsam deyman…
Katta bolish qiyin, oylar kopayadi… Sizni bilmadimu, men Chingiz Aytmatovning asarlarini oqisam, kamida bir oy xayol suraman. Ozimcha asarlarni yakunlayman. Turli, ozimga yoqqan uslubda. Shu gaplarni yozib turib ham hayolimdan otgani: “ “Birinchi muallim” asaridagi qahramonlar Duyshen va Oltinoy qayta korisha olarmikin?!” Bolaligimda kop asarlarni oxirini yaxshilik bilan tugatib qoyardim. Bugun esa, hammasi boshqacha… Sohib Egamovning tanlov uchun yozgan blogpostlari ( http://beksohib.blogspot.com/2014/01/dostlar-yaxshilarni-avaylab-asrang.html ) ni oqiganimdan buyon Chilonzor bozoriga borsam, osha ta’riflangan bolakayni qidiraman - hali ulgaymagan konglim bilan… Ozicha aqlli aqlim esa: “Topganingdan foyda yoq, ishingni qil” deydi…
Katta bolish qiyin, mana shu satrlar ham sozlarimga guvoh:    http://kamanoir.uz/tags/ish/
Bolaligimda haqiqatni aytishdan, unga tik qarashdan qorqmasdim, bola edimda… Hozir esa, haqiqatni kormaslik uchun kozlarimni yumaman, koshki shu bilan vijdon orom topsa?! Guruh boshligi  hamma , shu domlani shu kitobini sotib olsin, baho chiqadi” deydi, Men ham sotib olaman, ozimcha “pora” bermadim, kitob sotib oldimda… Kitob sotib olmasam, oqib ham, juda bolmasa ichimdan toqib ham bahoni olishim mumkin, lekin baribir e’tiroz bildira olmayman, sababi ozimcha andisha qilaman: “boshqa kursdoshlarim baho olisholmay xafa bolib yurishmasin”… O’zimcha “hisob” beramanda vijdonga. Ha, ustozim haq, yuzakilashyabmiz. Lekin baribir oz ozimga soz berdim – Izlanaman. Biz patokda 120 ta kishi oqiymiz, biz biologmiz, ammo afsuski, oqsil va aminokislotani nimaligini bilmaydigan biologlarimiz kop…Kozimni yumaman, “Menga nima?!”. Mayliyu, ammo, Tibbiyot akademiyasida  Oqiyotgan ayrim, bo’lajak “qassoblar”ga qarab odamni yuragi uvushadida.
Kozlarimni yumdim… Oqim boylab suzish osonroq…
Ulgayganimiz sari hayotimiz moddiylashib borarkan. Ishqilib hislarimiz, ozimiz “moddiylashib” ketmaylik… 
Sahih hadislarda oqigandim, “Siz qilayotgan ishingizni bolangiz ikki marta kop qiladi” degan. Shunchaki, siz ham oylab koring, bu degani Siz bir shisha aroq ichsangiz, farzandingiz ikki barobar kop ichadi! Dilingizdan "nasihat qilmagan siz qoluvdingiz" degan soz otdi a?! Topdim a?! Shuning uchun ham bu sozlarni hayotda deyarli hech kimga aytmaymanda. Axir men ham kozlarimni yumib yashashga organib qolganman…
Kozlarimni yuma yuma kor bolib qolmasam boldiydi…
            Yosh bolalarcha qilgan orzularimni she’riy misralarga tizgandim… Bolalik – beguborlik, qalbi oqlik… Katta odam bolib qoldik allaqachon, lekin ilohim hech qachon qalbimizni bolalarga xos samimiylik, soflik , beguborlik tark etmasin, ko‘zlarimizni ochib yashashni o’rganaylik… 

Bir lahza quyosh bolib, dunyo yoritsam
Nur sochsam-u zimiston kongillar yonsa
Quvonch bolib, gamlarning barin qaritsam
Sevishgan yuraklar ham visolga qonsa…

Bir lahza dardlarga darmon bololsam
Laylisiz qolmasdi balki Majnunlar
Har on duolarda sobit turolsam
Bizga yololmasdi balki armonlar

Bir lahza orzu bolib , armonni quvsam
Umidsiz qalblargada yoqolsam chiroq
Boylikdan ustunroq bir sevgi bololsam
Balki, dostlar shunda chekmasdi firoq.

Shunday gozal bir SABR bolsam
Yuraklarda ornashsam mahkam
Taqvo bolsam, havas qilsalar
Farishtalar yiglasa, olsam...



Saturday, 18 January 2014


Yuragimga yuragimdan yaqin odamlar…

Buncha ham hayot go’zal yaxshi odamlar bilan?!  Yashash qanchalar totligini his qilaman ularga qarab…
Sizga qarab turgan nigohlarda soflik, samimiylik, yaxshilik, mehr ko’rishning zavqi boshqachada…
Otajonim bunchalar buyuk qalbni qaydan olgansiz?!
Onajonim hadsiz mehringiz borligi bois dunyo ko'zlarimga jiloli ko'rinadi...
Ukalarim qanotlarim! Manaman degan burgut mandek parvoz qila olmaydi, ularni sizdek ukalari yo’qda…
Qo’shnilarim ,negaa bunaqa yaxshisizlar a?!  bu yerdan boshqa yoqqa ketishga ko’zi qiymaydiya odamni…
Ilmlari ziyoda bo’lgur Ustozlarim bunchalar jonkuyarlik bilan ilm o’rgatasizlar…
Shunaqangi yaxshi qizlar dugonalarimki, farishtalarga o’xshashadiya…
Buvijonim… kecha juda qo’rqdim… qadoq qo’llaringiz bilan sochimni  o’rib qo’yishingiz qayta nasib etmaydi deb juda qo’rqdim… shukr…
Ranjitsam ham  mehrli nigoh bilan qaraydiganlar, ko’ngil uzmaydiganlar… odamzotda shunchalik Katta Yurak bo’lishi mumkinmi?!
Qiziq a… twitterda ham shunaqangi yaxshi odamlar borki, ularni o’qib havas qiladi kishi yaxshi odam bo’lishga… 
Atrofim yaxshi odamlarga to’la… Uyalib ketaman goho, manam shu insonlar kabi yaxshi bo'la olar ekanmi?! Arzirmikanman?! Bunchalik mehrga muhabbatga?! 
Behisob shukr…
Borliklarimgiz uchun rahmat yaxshi odamlar,,
Bu yorug’ olamda yaxshiyam SIZ – Yuragimga yuragimdan yaqin odamlar bor…

Yuragimga yaqinlarim…

Qalbimda sizni deb baxtlar kuylaydi
Sizsiz dilim quvonchnida bilmaydi
Ko’zlarim hech diydorlarga to’ymaydi
Yuragimga yuragimdan yaqin odamlar…
Siz sabab dunyoni tanidim asli
        Hayotga tashladim bardam qadamlar
        Siz bois qaddim tik qadrimda baland
        Yuragimga yuragimdan yaqin odamlar…
Sog’inch sahrosida hayotman siz bor
Oqibat  gullari ko’karar siz bor
Siz borsiz dilimda armonga ne bor
Yuragimga yuragimdan yaqin odamlar…
Qalbim o’rtayolmas hech qanday qayg’u
        Sizni ko’rsam dilimda barq urar kulgu
        BorliginGiz ne’mat bu buyuk tuyg’u
        Yuragimga yuragimdan yaqin odamlar…
Mehringiz taftidan muhabbat  tuydim
Dil bersam mehrimla yashnadi bog’lar
Iymon yo’llarida qo’lingiz tutdim
Yuragimga yuragimdan yaqin odamlar…
Har nafas olganda shukrona aytib
        Nafs va xiyonatning yo’lidan qaytib
        Siz bois munavvar asli olamlar
Yuragimga yuragimdan yaqin odamlar…


Dilnavoz Berdiyeva Toshkan qizi

Friday, 10 January 2014

Saboqlarim...


Saboqlarim…

Assalomu alaykum, ko’ngil odamlari…
 Bugun uyda pech yonida , issiqqinada o’tirib hayolga berilib ketdim… Bolalagimdan toki bugunga qadar juda ko’p nasihatlar ichida ulg’aydim, har qadamimda saboq berishdi, shu boisdir ehtimol kam qoqildim, vijdonim bilan yolg’iz qolishdan qo’rqmayman, vijdonimning sasini  eshita olaman, xatolarimdan saboq chiqara olaman… Bu borada, yana aytamanki , Ota onamdan qarzdorman. Ular mening ustozlarim. Shunday qarzlar bo’ladiki,  hech qachon uza olmaydi inson ularni, mening shunday qarzlarim bor -  Ota-onamdan… Ota onamning menga o’rgatgan, o’rgatayotgan saboqlari bilan o’rtoqlashmoqchiman. Agar kimdir o’qib nimanidir o’rgansa ota onam uchun duoda bo’lasizlar degan umiddaman.  Ilohim hammamizning ham Padaru volidalarimiz hamisha omon bo’lsinlar..
***
 Mening Ayam mandarin yemaydilar:
Rahmatli buvim va bobom(ayamning ota onalari, Alloh qabrlarini nurga to’ldirsin) juda hokisor va fayzli inson edilar. Bizni uyimiz buvimlani uyidan ozgina uzoqroq edi, shu bois har kuni bora olmas edik. Har kuni bora olmasakda , lekin kunora ovqat qilib hollaridan xabar olgani borardik. Bir kuni ayam Buvam yoqtirgan ovqat No’xot sho’rva qildilar, va dadam ayam va meni buvamlarnikiga olib bordilar. Buvamlar kichkina tog’am bilan yashardilar. Negadir buvamlarga tog’amlar  yaxshi e’tibor berishmayotgandek tuyulaverardi bizga. Yangamning  muomalasi bunga isbot bo’lardi. Shundanmi ayam juda havotirlanardilar. O’sha kuni bordik, ovqat ichdilar buvamlar, Qari bo’lsalar ham ovqat, shirinliklarni juda yaxshi ko’rardilar. Suhbatlashib turganimizda buvim: “Dilijon (ayamni ismlari  Dilorom) haligi usti sariq meva borku, mandalinmiyey, limonga o’xshash, otangni o’sha mevadan yegisi kepti, kecha Ilhom(tog’am) bolalariga olib kelib bergan ekan , juda havasi keldida, oshxonada po’chog’ini ko’rib qolib, shundan olib kelib ber bolam “ – dedilar… Ayam borib oshxonaga qaradilar, mandarinning po’choqlari turardi… Ayamning ko’zlarida yosh ko’rdim… Nafratlandim Ona otasini qiynagan kelinlaru farzandlardan.  Dunyo ko’zlarini ko’r qilib qo’ygan insonlarni yomon ko’rib ketdim. Bir mandarin ekanku, qari odam shuni yarmini bersa ham o’ksimasdi, qaysi vijdoni  yo’l qo’ydi ekan ota onasini uyida yashirib bolalariga mandarin berishga… Yo’q, ularga mandarindan ham bir chimdim mehr afzalku…  Qari odam yosh bolaga o’xshab qoladi. Sizning zarracha e’tiboringizdan quvonib duolar qiladi. Qarisi bor uyning parisi bor deb bekorga aytishmaydi axir.  G’animatmizku bir birimizga…Ayam: “ Qizim bilib qo’y, bir kun sen ham kelin bo’lasan, agar meni rozi qilmoqchi bo’lsang, qaynonangni rozi qil” dedilar… Dilimda shu so’zlar kechdi: “ Onajon sizni qizingiz kimnidir yig’latishi mumkinmi?! Men dunyodagi eng soliha, eng yaxshi , eng mehribon kelin bo’laman”…
Mana shu voqeaga ham 4 yil bo’ldi… 3 yil oldin buvim, roppa rosa bir yildan keyin ayamning yelkalariga bosh qo’ygancha buvam qazo qildilar…
Ayam hanuz mandarin yemaydilar…
         Vaqtida qadrlaylik…
***
Universitetda 1-kursda o’qiyotgan vaqtim Opam(amakimning qizi)ning nikoh to’ylari bo’ldi. To’y kuni hamma albatta eng go’zal bo’lishga urinadi, ayniqsa qizlar, sochining turmagiyu kiyimning betakrorligiga alohida e’tibor beradilar. Jumladan men ham. To’y kuni, kechqurun oqshomga tayyorlanar ekanman, yangi ko’ylak sotib olgandim shuni kiydim, rosti oynadan ko’rib o’zimniyam o’zimga havasim keldi. Haqiqatda juda yarashgandi. Faqat ozgina tor va kalta edi… Modasi shunaqa tikilgan edi. Shunda ayam manga qarab turdilarda: O`ziga juda oro berib, tanasini ko`z-ko`z qilgan qizlar chin sevgiga umid qilmasalar ham bo`ladi. Undaylar atrofida asosan faqat nafsini o`ylagan erkaklar o`ralashadi, hayo qil…” dedilar... Titrab ketdim. Qanday qilib Hamma havas qilgan insonning Berdiyevning qizi shu kiyimda hammani oldida yura olardi?! Qanday qilib ko'zlarimda ham hayo yashasin degan qiz shunday kalta va tor kiyim kiya olishi mumkin?! Munofiqlik emasmi bu?! Nahotki shuncha yillik tarbiya uvol ketgan bo’lsa?! O'zimdan og'rindim darrov Boshqa kiyim kiydim. Men Otamning Ori, onamning nomusiman...
Ko’pam kiyimimga qadama ko’zing
Nomimni eshitib yorishsin yuzing
Faqat Haqdan topgin o’zingni o’zing
Meni Alloh uchun seva olsang sev...

***
Universitet talabasi nomiga sazovor bo’lganimdan keyin chin dildan o’qidim. Hamma narsada, har sohada eng zo’r, eng yaxshi bo’lishni istardim. 1-semestrni yopayotgan vaqtimda hamma fanlarimdan a’lo baho chiqdi, faqat Oliy Matematika fanidan 86 ballga ozroq ball yetmay qoldi. Kurganov Karim domla kirardilar. Hurmatim baland edi. Chunki haqiqatda fanining bilimdoni edilar. Faqat shu fandan bahoyim chiqmay qolganini bilgan yaqinlarim “Dadanga ayt, dadangni tanishlari kazoo kazolaru bir minutda hal qilib berishadi” deyishdi. Bilmayman qaysi kalla bilan dadamlarga telefon qildim va muammoni aytdim: Dadam eshitib kuldilar va : “ Meni qizim halol o’qimaydimi?! Meni g’ururim bo’lgan Qizim , g’ururimni egib boshqadan yordam so’rashimni xohlayabdimi?!” dedilar... yig’lavoray dedim. Uyaldim. Uyaliblar ketdim.. Nahotki arzimas bir baho bilan o’lchadim qiymatni, bilimni, g’ururni?! Chunki , dadam doi m “ Inson bolasi, har doim, hatto eng muhtoj holida ham birovdan biror narsa so’rab bosh ekkanda 72 ta tomiri titrab ketadi, hech kimga muhtoj qilmasin” deb o’rgatardilar... Ilohim hammani 72 tomiri titramaydigan umr bilan siylasin.

P.S: Bu yozganlarim juda oddiy, hech qanday mubolagasiz, qoshimchalarsiz hayotimdan olingan saboqlarHayot buyuk muallim. Yuqorida keltirganlarim albatta bir otirishda hayolimdan otganlari, xotiralarim.. Hayotda juda kop narsani organadi inson, ularni bir lahzada , bir yozishda yorita olish qiyinBalki, yana yodimga nimalardir tushsa davomi sifatida yozarman…

Berdiyeva Dilnavoz Toshkan qizi.

Saturday, 27 July 2013


Tun… Ba’zan kitob o’qishdan ham toliqadi odam…yoki faqat man shundayman….Nimalarnidir yozgim keladi… Boshqalarni bilmadimu man o’zim yozgan she’rlarni qayta qayta o’qigim keladi… Har qancha qilsa ham she’r – qalbdan chiqadida… bugun hamma narsa haqida yozgim kelayabdi: Qosimov, Abramov,Nasaf,Sho’rtan,Barcelona, Vilanova va hokazo… Har safar shhunday desam yaqinlarim: “blogingizda faqat osmoniy mavzular yoritiladi,osmoniy hislar muhabbat haqida hech she’ringiz yo’qmi?!” deyishadi… Fikrimcha hech bir shoir yoxud shoira yo’qki muhabbatni tarannum etmagan bo’lsa… Man ham yozganman… va ular faqat qog’ozlarda qolib ketdi…bir xotira yanglig’…
         Muhabbat haqida bir dugonamni holatidan kelib chiqib she’r yozgandim... Yaxshi,fayzli,axloqli bir dugonam bor. Har doim kulib turardi, yomonlikni bilmas, hech qachon darslardan qochmas edi hatto... Sinfda darsdan qochgan, sirpanchiq uchib qo’l oyog’inichiqarib olmagan o’quvchiyo’q edi! Yo’q bor edi faqat o’sha dugonam! Bizni sinfdan bir sinf yuqori sinfda o’qiydigan bola bilan bir birlariga mehr qo’yishgan edi,hamma havas qilardi... 7-sinfni bitirganimdan keyin Dadam maktab internatga joylashtirdilar, shu bilan maktabdagi sinfdoshlarim juda kam ko’rishadigan bo’ldim...11-sinfni bitirganimizda hammamiz yig’ildik. Hamma xursand, hammani labida tabassum o’ynardi...Lekin negadir u juda g’amgin edi... man boshqalarga nisbatan unga eng yaqinroq edim... Uni xafaligi sababini bildim, mehr qo’ygan insonining to’yi bo’layotgan ekan... dugonamni so’zlari quloqlarim ostida hanuz jaranglaydi: “O’tli ishqim baxtini kuydirsin”...
         Uyga qaytdim hamki uning mayus chehrasi va so’zlarini unutolmadim,tabiatan ta’sirchan insonman...so’zlarini she’r qilib yozgim keldi... yozdim ham... Bilasizmi man ayriliq, hijron,xiyonat va shunga o’xshash mavzularda hech she’r yozgim kelmaydi... chunki qayerdadir eshitgandim; “She’rlar taqdirga aylanishi mumkin...”
          Xiyonat! Dunyoda men nafratlanadigan yagona so’z... Menga vafoli odamlar yoqadi... Vafoda gap ko’p... O’ylashimcha inson avvalo bandalikka xiyonat qilmasligi kerak!Bandalikka vafo qilishi kerak... Vafosizlik insonni beqaror qilib qo’yadi...Bandalikka, Vatanga, Dos’tga, Yorga, O’zlikka sadoqatli odamlar bor! Ular faqat va faqat ardoqlanishga loyiq! Jamiyatimizda xiyonat mavzusi ko’p uchrayabdi... Yaqinda Kun.uz saytida o’qishimcha statistikaga qaraganda ayollar xiyonati ko’paygan ekan... Mani o’ylashimcha baribir hech qaysi yurt vakillari, bizlardek, biz o’zbek ayollaridek vafoli bo’la olmaydi! Har qancha qilsa ham qaytmas bo’lib ketgan yorini yillar, umrini oxiriga, vafotiga qadar kutib o’tgan momolarimizni qizlarimizda bizlar...
         Vafoli odamlar orasida yashagim keladi... Chunki vafoli odam yolg’on so’zlamaydi..munofiqlik qilmaydi...
         Ha darvoqe, aslida Dugonamni nomidan yozilgan she’rni blogimga joylayman degandim...yana chalg’ib ketdim...
         Bugun...

B U G U N
Bugun borar manzil ayro-ayrodir
Bu ishq asli boshimdagi katta balodir
Hijronning dastidan ko’ngil yarodir
Yuragimda o’t bo’lib yonar Muhabbat
        Bugun dil uyini bezagan armon
        Zo’r mashshoq qo’lida uzilgan torman
        Ne qilay yor ishqi qalbimda har on
        Yuragimda o’t bo’lib yonar Muhabbat
Bugun ko’zlarim ham makon g’amlarga
Meni shunday suyib siyladi qismat
Joniga jonimni berganim uchun
O’t bo’lib yondirar o’tli Muhabbat
        Bugun hajr sahrosi bag’rini ochgan
        Visolning yuzini qoplagan zulmat
        Sevgim qarog’imda yosh bo’lib qotgan
        Yuragimda o’t bo’lib yonar Muhabbat
Bugun xotiralar tig’laydi dilim
Orzular yurtida sokin sukunat
Men azal shartiga indamay ko’ndim
Hamon yondirmoqda meni Muhabbat
        Bugun yor-yor yangrar sevgim uyida
        Kelinning yuziga yopilgan chimmat
        Baxtsizlik tiladim unga to’yida
        Baxtini kuydirsin o’tli Muhabbat


P.S: O’ylashimcha mehr inoyat… haqiqiy mehr qo’ygan inson mehr qo’yganlariga yomonlik istamaydi.Har holda man istamasdim..Zotan hamma narsada chegara bor: hurmatda,rashkda vahokazolarda…Ammo mehrda sarhad yo’q! Mehr chegara bilmaydi..Mehr ko’chasi oxirsiz…she’rni oxiri Meni emas dugonamni so’zlari bilan tugallangan…
She’rda she’riy xatolar mavjudligini bilaman. lekin baribir joyladim :)



Dilnavoz Berdiyeva Toshkan qizi
 

Friday, 21 June 2013


Yana yozgim kelayabdi... Bilaman man jurnalist yoki yozuvchi va yoxud shoir emasman va hattoki bunga hech qachon da'vo qilmaganman ham... Qachonlardir jurnalist bo'lishni istagandirman,ammo hozir man o'z soham bor, o'zimni sohamni juda yaxshi ko'raman... o'zimni har safar ilm kishilari orasidaligimni eslasam,his qilsam har doimgidek taqdirimdan minnatdor bo'lib ketaman... Bir kun sohamga oid kitob o'qimasam, bioximiyadan bir kunga uzoqlashsam ham sog'inaman. Mana masalan bugun labaratoriyaga bora olmadim, lekin hamisha hayolimda oqsil, DNK, PZR va hokazolar... kasbimni nihoyatda yaxshi ko'raman. Nasib qilsa  soham bo'yicha ko'pginaa ishlar qilish niyatim bor... Dadam bilan ayam judayam xohlaydila olima bo'lishimni... yana oylaymanki yozganlarimni diktant yoki insho deb tahlil qilishdan oldin, insoniylik nuqtayi nazaridan yondoshing :)), illtimosim shuki o'sha gapingiz ichingizda qolsin, man ko'ngil odamiman, har qanday qattiq so'z bilan dilimni yaralash, og'ritish oson… Qahrimni qattiq qila olmaymanva etiborsiz qol siltab ham keta olmayman
            O’zi nima haqida yozmoqchi edim,ana yana chalg’ib ketdim...
Ha dadam haqlarida yozmoqchi edim... Dadam.. har gal dadam bilan gaplashsam “sizni juda yaxshi ko’raman”, “Bu olamda Payg’ambarimiz s.a.v dan keyin eng ko’p yaxshi ko’raman sizni va ayamni” deyman.. Dadamdan mehrimni yashirmayman. Ba’zi bir tanishlarim “juda erkasan” deyishadi... To’g’ri bitta qizman...Erkaligim ham rostdir.. lekin nahotki ehrni izhor qilish uchun erka bo’lish shart bo’lsa?!  Har tong otishini ko’rish nasib etishi dargumonligi kabi lahzadan keyin nima bo’lishi bizga ayon emas... Keyin aytarman mehrimni deb qo’ysam ham bo’laveradi albatta, lekin ulgurarmikinman?! Man istaymanki dadajonim manga faqat moliyaviy ta’minlash uchun emas, balki qalbimnig butligi, ko’zimning quvonchi, yuragimning baxtdan shodumon urishi, baxtimning bekamligi uchun ham manga kerakliliklarini his qilsinlar.. Barcha orzularim ular bilan bog’likligini anglasinlar, ularni rozi qilish uchun ham hayotda nimagadir intilayotganimni his qilinlar uchun hamisha aytaman mehrimni.. To’g’ri aslida mehrni anglash, his qilish uchun aytish shart emas.. lekin qaysi ota quvonmaydi mehrimizni,bizga ularning sog’ligi kerakligini aytsak?!
Dadajon, sizni juda juda yaxshi ko’raman… Baxtimga hamisha ayajonim bilan omon bo’lingizlar… ha darvoqe, ayamga ham juda ko’p aytaman ularni yaxshi ko’rishimni...
Otam – baxtim posboni…
Otajon chindan ham bugun yolg’izman
Tunning chehrasida saroblar bisyor
Sog’inch deb atalmish yovqur qilichning
Sitamlarin yengmoq men uchun dushvor…
         Bugun hijronlarda erka qizingiz
         Intiqom ichida kurashayotir
         Ota, kaftingizni oching duoga
         Ko’ngil malaklari so’rashayotir…
Siz ekkan daraxtman ko’kka talpinib
Oftobday mehringiz totib yashayman
Qadrimga, sabrimga sabotlar aytib
Qaroqlaringizga botib yashayman
         Butun tomirimda oqadi bardosh
         Ko’zlarimda yorug’ baxtim osmoni
         Tomirlaringizga tomirim tutash
         Otajonim sizsiz baxtim posboni…

Berdiyeva Dilnavoz Toshkan qizi...



Monday, 17 June 2013


Shukrona...
Shu kunlarda juda ko'p kuzatdim, odamlarni, hayotni, o'zimni o'z tafakkurimcha, o'z anglaganimcha... hayollar sokin, yuzlarda tashvish, noshukrlik... Savol berib ko'rdim o'zimga : Baxt nima? Ikki oyog'im but, hohlagan manzilimga bora olaman, zaminni his qilaman oyoqlarim bilan, Otamni sog'insam, onamga mushtoq bo'lsam borib qo'llarini ko'zimga surta olaman.... Qo'llarim but, barmoqlarim bilan dildagi nafis hislarimni qog'ozga joylayman, birovga muhtoj emasman... Ko'zlar, qaroqlar.... ularning naqadar g'animatligini bilasizmi do'stlar... Hayotning jiloli ranglarda ko'rish.. Sevgan insonlaringiz yuzlarini ko'ra olish, Onangizning minnatdor nigohlarini ko'ra olish, Otangizning umridan rozi boqishlari, erkalashlarini ko'ra olish... Oq oralagan bo'lsada sochlariga termulish,ajinlar soya solgan bo'lsada nurli yuzlarini ko'rish, mehrli nigohlarni his qilish,ukangizni beg'ubor qaroqlariga termulish, qorni, bahorni, gullarni, toshlarni, daryoyu debgizlarni, ulakan azim tog;larni, qushlarni, ne'matlarni ko'rish BAXT! tasavvur qilib ko'ring zulmatni?! yo'q, yo'q hatto tassavur ham qilmang..faqat shukr qilaylik, bizga shunday ne'matlar nasib ayladi, axir bu nematlardan bebahra insonlar qancha... Insonmiz! yurak urib turibdi, ko'zlar shu lahzada ko'rayabdi, qo'l oyoqlar mustahkam, gapira olamiz, iforlardan bahra ola olamiz,his qila olamiz hammasi BAXT....
Hayotimiz tinch... Yurtimiz tinch, Vatnimiz obod! shukrki tabiat ham biz uchun faqat yaxshilikka xizmat qilmoqda, shamol, qor, yomg;ir, quyosh hammasi o'z ehtiyojimizcha... Hammasi uchun shukr... Ko'zlar yorug' olamni bir marta bo'lsa ham ko'rgani uchun shukr...
Shukrona….

Bugun ko’zlarimiz baxtdan shodumon
Yurakda ham yo’qdur havotir gumon
Endi asriy orzular bo’lmagay armon
Boshimiz sarbaland shukr qilaylik…

Oyoqlar zaminda yurolgani chun
Mujgonlar olamni ko’rolgani chun
Qalblar to’xtamasdan urolgani chun
Bariga do’stlarim shukr qilaylik…

Kimgadir orzumiz kim uchun hijron
Muhimi kerakmiz kimgadir har on
Axir yo’limizga kimdir nigoron
Sevilmoq baxti chun shukr qilaylik…


Quyoshning taftidek qaynoq yurak bor
Ayriliq dardiga malhamdir diydor
Axir albat yana qayta kelarku bahor
Umidning bori chun shukr qilaylik…

Dardlar yig’latsa gar chektirib alam
Ko’zlarga qorong’u tuyulsa olam
Alloh suyganiga beradi deb g’am
Sabrlar so’rabon shukr qilaylik…

Yurt Koriga yaray deya intilamiz
O’zbekman deb faxr bilan gapiramiz
Qayda bo’lmay vatan tomon talpinamiz
Sog’inchning boriga shukr qilaylik…

Berdiyeva Dilnavoz Toshkan qizi
(p.s: ushbu yozilganlar ko'chirilsa ,iltimos muallif nomi bilan ko'chirilsin! she'r, so'z ko'ngil mulkidir)

Sunday, 9 June 2013


Tilingizga ehtiyot bo’ling…




        

         Bugun jamiyatimizda ayniqsa yoshlar orasida ozbek qizlari sha’niga yaxshi bo’lmagan gaplar aytilayotgani sir emas, bu judayam achinarli hol. Tarixga nazar solsak qay davr, qay asr bo’lmasin o’zbek ayollari o’zining sharqona statuslari bilan mashhur bo’lganlar.
Shu orinda juda ko’p bo’lsada eshitganingiz bir hikoyani keltirsam.
 “Qadim zamonda bir odil va oqil podshoh bolgan ekan. U qaysi davlatni bosib olmoqchi bolsa osha mamlakatga ozining aygoqchilarini yuborar ekan. Bir kuni ikkita vazirini chaqiribdi va ikalalarini ikkita mamlakatga yuboribdilar va Osha mamlakat erkaklarining ayollariga munosabatlarini bilib kelishini  tayinlabdilar, Vazirlar ketishibdi va olti oydan keyin qaytib kelishibdi song korgan bilganlarini aytibdilar. 1-vazir debdiki: “Men borgan mamlakatning aholisi ayollarni qattiq hurmat qilar ekan, ularga begona soyanida tushirmas ekanlar” .
2-vazir esa: “men borgan mamlakatning aholisi esa ayollarini hurmatlamas, himoyalamas, va sha’nlariga yaxshi soz aytishmas ekan” debdilar. 
Shunda Podshoh “ Biz ikkinchi mamlakatga hujum qilamiz oz ayollari sha’nini o’z shani deb bilmagan xalqda vatanni himoya qilish hissi ham bo’lmaydi’ debdilar” Alqissa, Oylab gapiring, sizlar qizlar haqida aytayotgan har bir sozingizda bizning, millatimizning, xalqimizning sha’ni masalasi turibdi!
         “Qizlar ozgarib ketdi” mish?! Ey aziz inson, takror aytaman, Bizning biz ozbek qizlarning fitratimizda mavjud bo’lgan poklikka, tozalikka, halollikka tosh otmang! Haqqingizda yoq! Zotan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yettita halok qiluvchi ishdan saqlaninglar», deb ular orasida: «(Yomon niyatlardan) g‘ofil, pokiza, mo‘mina ayollarga tuhmat qilish»ni ham sanab o‘tganlar (Muttafaqun alayh). 

Mana, bahor keldi... Hammaning og‘zida bir gap: "Bahor keldi, qizlar endi "ochilib" ketadi"  va shunga oxshash gaplar... Juda xafa bo‘ldim bu gaplardan. Odamlar ishoning butun O‘zbekiston mini yubka kiyadigan qizlardan iborat emas. Ishoning qalbida hayosi mustahkam qizlar juda ko'p. Kiyimlarining uzunligiyu go'zalligi bilan o'zbeklarning nomusi ekanligidan faxrlansa bo'ladigan qizlar hali judayam ko'p. Hammani unaqa bir qolipda ko'rmanglar , iltimos. Yig'latmangizlar... 

         Togri guruch kurmaksiz bolmaydi.  Lekin ayrim ayrim kurmaklarni gapirishdan oldin yon atrofingizga bir nazar soling, millati sha’nini o’z sha’ni deb, har bosgan qadamida ozbeklik , milliylik ufurib turgan haqiqiy ozbek qizlar borligiga ishonch hosil qilasiz...
         Begona nigohlar uchrab qolsa kozlarini yerga qaratgancha odimini tezlashtiradigan qizlarni yana qaysi olkadan topmoqchisiz?!
         Muhabbat deganda hayodan yuzlariga qizillik yuguradigan qizlar ayting yana qayda bor?!
        Moda uchun emas, yelkalarida o'tirgan farishtalardan hayo qilib, yelkasi ochiq kiyim kiymaydigan qizlarni boshqa yurtda O'zbekistondagichalik ko'pmikan?!


         Tarozining bir pallasiga butun dunyoni, ikkinchi pallasiga oilani qoysangiz, har narsadan muqaddas deya oilani tanlovchi ayolu qizlar boshqa olkalarda bormikin a?!.....va hokazolar...

         Yondiradi sirli sirli qarashlari
         Tasadduq deb ahvolingiz sorashlari
         Kimga yoqmas uzun koylak kiyishlari 
         Yulduz tugul oy chiqolmas tizlariga
         Havas qiling Ozbegimning qizlariga...




Berdiyeva Dilnavoz Toshkan qizi